Amerikaning Las-Vegas şahridagi kazino yaqinida musiqa festivali iştirokçilarini öqqa tutgan şaxs politsiyaçilar tomonidan otib öldirildi. Bu haqda şahar politsiyasining tvitterida xabar qilingan.
«Gumonlanuvçi yöq qilindi. Tekşiruv işlari davom ettirilmoqda», deyilgan xabarda.
Oxirgi xabarlarga köra, Mandalay Bay Hotel mehmonxonalar majmuasi yaqinidagi otişma oqibatida 2 kişi halok bölgan, 24 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga olib borilgan, ularning 14 nafari oğir ahvolda.
Noma'lum şaxs musiqa festivali iştirokçilariga hududdagi 32 qavatli mehmonxona balkonidan turib öq uzgan. Xuddi şu vaqtda şaharning boşqa nuqtalarida ham öq ovozlari eşitilgan.








