Rossiya avtomobil bozorida RAVON brendini taqdim etib kelayotgan «Ravon Motors Rus» kompaniyasi 2017 yilning 1 oktabrdan boşlab Rossiya terma jamoasi bilan hamkorlikni yölga qöyadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, ikki tomonlama hamkorlik Rossiya terma jamoasining 7 va 10 oktabr kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan Janubiy Koreya va Eron terma jamoalariga qarşi örtoqlik uçraşuvlaridan boşlanadi. Kelişuvga köra kompaniya keng kölamdagi imidj va reklama huquqlari, jumladan «RAVON— futbol böyiça Rossiya terma jamoasining rasmiy homiysi» nomli titulidan ham foydalanişi mumkin böladi.
«Rossiya terma jamoasi bilan aloqalar örnatganimizdan xursandmiz. Mamlakatning boş jamoasi bilan közda tutilgan hamkorlik RAVON markasida avtomobillarga bölgan qiziqişni oşişiga, bu nomdagi brend sportga qiziquvçi yoşlar örtasida yanada ommalaşişiga xizmat qiladi, deb işonamiz», degan «Ravon Motors Rus» Boş direktori Şarof Aşurov.
Ravon – 2015 yildan buyon General Motors Uzbekistan kompaniyalari mahsulotlarini Rossiya böylab taklif qilayotgan yangi brend bölib, u Rossiyada 20 yildan ortiqroq vaqt davomida 1 milliondan ortiq avtomobil sotgan Uz-Daewoo brendining örniga taşkil etilgan.
Ravon – «Reliable Active Vehicle ON road» atamalarining qisqartmasi bölib tarjima qilinganda «yölda umidli, faol harakatlanuvçi avtomobil» ma'noasini beradi. Şuningdek Ravon sözi özbekçadagi asl ma'nosini saqlab qolgan bölib, tekis, töğri ma'nolarida ham keladi va buni yölga nisbatan tekis va ravon yöl ma'nosida ham işlatiş mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, hozirgi kunda Ravon Rossiya bozoriga tört turdagi Ravon R2 (Spark), Ravon Nexia, Ravon R4 (Cobalt) va Ravon Gentra markali avtomobillarini taklif qilib kelmoqda.








