Qiş mavsumiga tayyorgarlik körmaslik yoki yengil-yelpi qaraş korxona, taşkilot, muassasalar hamda aholi xonadonlarida qiyinçiliklarni keltirib çiqaradi. Bunga asosiy sabab, yoqilğini yetarli zaxira qilmaslik, isitiş tarmoqlari va vositalari, mörikonlarni sifatli ta'mirdan çiqarilmaslik, şuningdek, gaz va elektr tarmoqlarini nosoz va yaroqsiz bölgan joylarini öz vaqtida yangilamaslikdir.

Bunday holatlar yonğinlar kelib çiqişiga olib keladi va bir neça yillik maşaqqatli mehnat evaziga tiklangan uy-joylar, işlab çiqariş va boşqa binolar kulini kökka sovuradi. Eng açinarlisi, insonlar kuyib, tan jarohati olişi va hatto hayotdan bevaqt köz yumişi ham mumkin.

Şu yilning 2 oktabr kuni Andijon tumanida istiqomat qiluvçi O.M. xonadonida elektr isitgiç yoqib, nazoratsiz qoldirilişi oqibatida yonğin kelib çiqib, yaşaş uyining 60 metr kvadrat şift va tom qismi yonib, zararlangan. Öt öçiruvçilarning sa'y-harakatlari bilan uyning 140 kvadrat metr tom qismi saqlab qolingan.

Ötgan yilda turli sabablar bilan sodir bölgan yonğinlar oqibatida 36 kişi kuyişdan tan jarohati olib, 10 nafari hayotdan bevaqt köz yumgan. Yonğinlarning oldini olişga jiddiy e'tibor qaratilmagani ana şunday köngilsizliklar kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Taşkilot, muassasa va korxonalarda ham kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini köngildagidek, deb bölmaydi. Soha xodimlari tomonidan örganişlar davomida Andijon viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi tasarrufidagi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi, Andijon şahridagi teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Andijon şahar XTMFMT va TE bölimi, Andijon şahridagi 40-umumta'lim maktabi, örta maxsus kasb-hunar ta'limi boşqarmasiga qaraşli Andijon şahrida joylaşgan 2-maşiy xizmat kasb-hunar kolleji, politexnika kollejida bu borada yetarli darajada işlar taşkil etilmaganligi aniqlandi.

Yonğin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan muntazam ravişda tarğibot-taşviqot işlari taşkil etilib, fuqarolar ogohlikka çaqirilmoqda. Mavsum oldidan bu işlar yanada rivojlantirilib, uçraşuvlar, davra suhbatlari, amaliy, taktik, öquv maşğulotlari taşkil etilmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabr kungi “Yonğinlar profilaktikasi kunlarini ötkaziş va yonğin xavfsizligi çoralarini kuçaytiriş töğrisida”gi 688-son qarori asosida “Tasviriy oyina” ijodiy birlaşmasi viloyat bölimi bilan hamkorlikda banner va plakatlar tayyorlanib, ularni aholi gavjum joylarga, jamoat transportlari, yöl böylariga örnatiş işlari olib borilmoqda.

Qayerda mavsumga yetarli tayyorgarlik körilmasa, nosoz va qölbola yasalgan isitiş jihozlaridan foydalanilsa, yonğin xavfsizligi talablariga bee'tibor bölinsa, şu joyda yonğin balosi xavf solib turadi.