2018 yilning 23 martida Rossiya terma jamoasi Braziliya bilan örtoqlik öyini ötkazadi. Bu haqda maşhur sport şarhlovçisi Nobel Arustamyan ma'lum qildi.
"Kuni keça Moskva meri Sergey Sobyanin Moskvada Rossiya terma jamoasi "Spartak" stadionida Ispaniyaga qarşi öynaşi haqida xabar berdi. Bu haqiqat. Yana bir haqiqat şundan iboratki, Rossiyaning ikkinçi raqibi Argentina terma jamoasi ham bölişi mumkin.
Rossiya Futbol federatsiyasi argentinaliklar bilan kelişdi, hattoki gonorar ham hal qilingan, biroq eng katta muammo – Argentinaning jahon çempionatiga saralaş bosqiçidagi işlari yomon. Agarda ular öz saralaş bosqiçlarida tört örindan birini qölga kiritsa, noyabrda poytaxtda Argentina terma jamoasini kuting.
Va aniq 23 mart kuni "Lujniki" öyingohida balki hamma kutadigan öyin ötkaziladi – Moskvaga Braziliya terma jamoasi keladi va Rossiyaga qarşi öynaydi", – dedi şarhlovçi.








