Xitoyning janubi-şarqidagi Yunnan viloyatida joylaşgan Şangri-La okrugi osmonida ulkan olovli meteor kuzatildi.
Meteor tungi osmonni 5 soniyaça yoritib turgan. Guvohlar tomondan tasvirga olingan videoda uçta çaqnaşni yaqqol köriş mumkin. Ma'lum qilinişiça, meteorlar Şangri-Ladan 25 mil uzoqlikda bölgan kiçik qişloq hududiga tuşgan bölişi mumkin.
Xitoy fanlar akademiyasining Yunnan observatoriyasi mutaxassisi Çjan Sinsyanning aytişiça, osmonda paydo bölgan ğayritabiiy jismlar bolidlar bölişi mumkin. Bolidlar – yoruğligi oyning yoruğiga qiyoslanişi mumkin bölgan öta yorqin meteorlardir. Ularning yerga tuşişi ba'zida portlaş bilan keçadi.
Portlaş NASA mutaxassislari tomondan ham qayd qilingan. Ularning ma'lumotlariga köra, meteor 0,54 kilotonna energiya hosil qilgan, bu esa 540 tonna trotil portlaşiga tengkuçlidir.







