Agar telefonga suv tuşsa, vaqtni boy bermang. Ehtimol, "Layfxaker" ulaşgan tavsiyalar qurilmangizni qutqarişga yordam berar.

  1. Telefonni suyuqlikdan imkon qadar tezroq çiqaring. Tabiiyki, qurilma suvda qança uzoq tursa, unga şunça köp ziyon yetadi.

  2. Agar uskuna ajraluvçi batareyaga ega bölsa, uni öçirişga vaqt ketkazmay, darhol batareyani taşqariga çiqaring. Telefonni ajratilgan holatda yoyib qöying. Agar qurilma ajralmaydigan bölsa, şunçaki uni öçiring. Bu qisqa tutaşuv ehtimolini kamaytiradi.

  3. Telefon ğilofda bölsa, uni yeçing, şunda qurilma tezroq quriydi.

  4. Sim-karta va xotira kartasini taşqariga çiqaring. Bu ularni quritiş va apparatda saqlanib qolgan namlikdan xalos etişga yordam beradi.

  5. Gadjyetni quruq gorizontal sathga qöying va uning öymalari va oçiq yuzasini ehtiyotkorlik bilanqoğoz soçiqda artib taşlang.

  6. Telefonni qoğoz soçiqqa örab, ikki sutkaga quruq guruç solingan plastik paketga qöying. Bu ösimlik donlarini oliş oson va ular namlikni juda yaxşi tortadi, bu esa telefonni qutqariş uçun ayni muddao. Qoğoz soçiq esa kraxmal va guruç donalarining qurilma korpusi va öymalariga kirib ketişining oldini oladi.

Telefon qurilmasiga suv tuşsa, nimalar tavsiya etilmaydi?

  • Telefonni yoqişga urinmang: mikrosxemalar böylab elektr ötsa, suv ularni osonlik bilan işdan çiqarişi mumkin;

  • Heç qaçon suvga tuşgan yoki namlangan qurilmani elektr tarmoqqa ulay körmang. 48 soat kuting, şundan keyingina telefonni yoqib, quvvatlantirişga kirişing;

  • Qurilmani zarurat tuğilmasa, ortiqça harakatga keltirmang, tugmalarini bosmang va suvni purkab çiqarişga urinmang. Buning natijasida suv butun telefonga tarqab ketişi mumkin;

  • Qurilmani quritiş uçun fen va boşqa uskunalardan foydalanmang, zero haddan ziyod issiqlik ham unga ziyon yetkazişi mumkin.

Agar qurigan telefon yoqilmasa yoki töğri işlamasa, uni mutaxassisga körsatiş kerak böladi. Usta apparatni tozalab, uning zarar yetgan qismlarini almaştirişni taklif qilişi mumkin.