«Uzagro» brendi ostidagi özbek meva va sabzavotlarning «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oşiriş sur'atlarini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan. 

Endi «Uzagro» brendi mahsulotlarini taşiş işlari nafaqat avto va temir yöl orqali, balki aviatransport orqali ham amalga oşirilmoqda.

11 oktabr, çorşanba kuni «Uzagro» brendi ostidagi aviamahsulotlarning birinçi partiyasi «Özagroeksport»ning Moskva şahridagi savdo uyi manziliga yöllandi. Ön turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, şuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali Rossiyaga jönatildi. 

Meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali taşiş Rossiya bozoridagi xaridorlarga yuqori sifatli sarxil, ekologik toza mahsulotni sotib oliş imkonini beradi. 

Foto: Uzagro

Özbekiston şuningdek Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlari bilan sarxil va qayta işlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berişga doir şartnomalarni imzoladi. 

«Özbekoziqovqatxolding» XK vakillarining ma'lum qilişiça, bundan buyon «sarxil meva-sabzavot reyslari»ni har hafta doimiy ravişda amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.