Qarorga asosan, «Özbekoziqovqatxolding» XK tugatiladi. Jarayonni taşkil etiş böyiça komissiya tuzildi.

Bundan taşqari, Qişloq xöjaligi vazirligining Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va infratuzilmani rivojlantiriş boşqarmasi (4ta ştat) negizida boşqaruv xodimlarining çeklangan soni 12ta ştat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi taşkil etildi.

Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimi joriy qilindi. Vazirlikka qişloq xöjaligi vazirligiga oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş böyiça qöşimça vazifalar yuklandi.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş maqsadida Qişloq xöjaligi vazirligining Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat ta'minoti jamğarmasi mablağlari hisobidan:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça ilk marotaba taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanişini tayyorlaş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça ilk marotaba taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini ta'minlaş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş va ularni çuqur qayta işlaş sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qiliş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 50 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş belgilandi.

Şuningdek, 2021–2023 yillarga möljallangan Sanoatbop qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni kengaytiriş dasturi tuziladi.

Kadrlarga bölgan ehtiyojlar asosida 2021/22 öquv yilidan boşlab, respublika OTMlarining «Oziq-ovqat texnologiyasi» hamda «Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va dastlabki işlaş texnologiyasi» kabi ta'lim yönalişlari böyiça bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta'lim şakllariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.