Osiyo va Özbekiston çempioni Javohir Sindorov şaxmat böyiça Xalqaro usta unvoniga sazovor böldi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Ma'lumot uçun, Xalqaro usta – şaxmatçilarga 1950 yildan beri FIDE tomonidan beriladigan şaxmat unvoni bölib, ma'lum malaka talablarini bajarganlik uçun taqdim etiladi.
Özbekiston şaxmat federatsiyasi yoş grossmeyster - Javohir Sindorovga samimiy qutlovlar yöllagan. «Mustahkam soğlik, şaxmatda muvaffaqiyatlar va grossmeysterlik çöqqilarini tilaymiz». - deyiladi ÖŞF tabrigida.












