Olislarda rizq tergilaş, farzandining yumşoq yuzini öpib, kuldirib erkalaşdan mosuvo böliş havasdek, senga zimdan toş otuvçilar köpaydi. Seni işyoqmasdan olib vatangadoga soldilar. Aslida öşa sovuq ölkada eng oğir, eng qora işlarni qilib ham sabrga oşno bölgan sen eding. Yurti kabi sovuq qiyofalarga möltirab topgan milliardlaring banklar orqali oqib kelganida, buning ortidan iqtisodning bir kami bitayotganida ham seni maqtaganlar deyarli bölmadi, ammo tanqidçi behad möl böldi. Göyo sen, ha, aynan sen öz xohişing bilan soğinç va xörlikni tanlagandek...
Sabr senga, musofirim!
Mahalla yöqki, Rossiyadan tobut kelmagan bölsa. Buxorolik bir yigit sözlab bergandi: «Birinçi marta borganimda, sovuq şunçalar zabtiga olgandiki, öz jonini qadriga yetgan odam işlaşi mumkin emasdi. Lekin biznikilar bola-çaqa deb çiqişgan, mahalliy aholi çidamaydigan sovuqqa ular çidaşga majburlar. Ana şunday kunlarda qurilişda bir yigit nobud böldi. Açingan köp, lekin marhumning uyiga xabar berişni, ölikni risoladagidek qilib jönatişni uddalaydigan mard yöq. Mayitni yuvib, örab-çirmab jönatuvçilarni topa olmadik. Qonga belangan holida jönatib bölmasdi. Şunda tavakkal qilib men uni yuvişni zimmamga oldim. Yotoğimga olib bordik, bir özim bilganimça yuvdim va ustalar yasagan tobutga joyladim. Keyin negadir şunday iş faqat mening zimmamga tuşaverdi. Asta-sekin könikib ketdim.
Ğalati... Lekin bu ham bir kasb ekanda. Kimdir nobud bölsa, uzoqlardan kelib meni olib ketişar, bir özim ölikni ortib kelib, yuvib tarab, samolyotga ortişni taşkillaştirardim. Albatta, marhumlarning hamkasblari menga pul yiğib berişar, rozi-rizoçilik bilan olardim. Neça marta şu işni qilgan bölsam, şunça marta yiğlaganman. Birim ikki bölsin deb uyini tark etgan yoş-yoş yigitlarning tobutda qaytişi qanday dahşat?!»

Asakalik bir opamiz hikoyasidan: «Rossiyada yaxşi işim, yaşaş joyim bor. Lekin yilda bir marta, erta bahorda yurtimga albatta qaytaman. Sababi qiziq tuyilar – men bodomning gulini köriş uçun kelaman. Albatta, yurt soğinçi, qarindoşlar diydori ham bor. Lekin aynan bodomning puştirang gullarida vatanimni köraman, hayotim davom etayotganini his qilaman, şu aziz tuproqning bir bölagi ekanligimni yana bir bor anglayman. Agar imkonim bölganda musofirçilikda bir kun ham turmasdim...».
Musofir yurtdoşim, sabr senga
Oxirgi yillarda öşa davlatlarda portlaş bölsa, terrorçi tamğasi şartta bosiladigan nişonga aylanib qolganing ham rost. Çunki eng ojizi, eng haqsizi sen eding, endi buni yaşirişdan ne naf? Balki içingda şunday yölga kirganlar ham bordur. Lekin rözğorini butlaş uçun yölga çiqqan, farzandining kelajagi deb şu yölni tanlagan asl özbekning bu qadar vahşiylik qilişiga aql bovar qilmaydi.

















