«Moskva «mafiya»sidan 500 dollar haqimni undirdim» - musofirlikdagi özbek hikoyasi
|20:44 / 24.04.202187 13113 min
Musofirçilikdagi özbeklar orasida Baxtiyor Tursun nomi ança maşhur. Asli kasbi xonadonlarni ta'mirlovçi usta bölgan samarqandlik yurtdoşimiz xorijda boşidan keçirganlarini qoğozga tuşirib, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib turadi. Uning qalamiga mansub quyidagi hayotiy hikoya Kun.uz muştariylariga ham qiziqarli böladi, degan umiddamiz.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Telefonimni kovlab «Oleg dev» deya saqlab qöyilgan raqam egasini izlab topib, yaşil tugmaçani bosdim. Uç-tört marta «tut-tut» qilgaç, u tomondan ovoz keldi.
– Allo, eşitaman.
– Salom Oleg, men Baxaman, tanidingmi? – dedim. U ismimni töliq aytişga qiynalib, doim Baxa deb çaqirardi.
– Salom Baxa, qandaysan? – dedi garçi meni raqamimdan tanigan bölsa-da, xuddi ismimni aytmagunimça tanimagandek.
– Yaxşi rahmat, Oleg qolgan pulimizni qaçon berasan? – Darrov maqsadga ötib qöya qoldim, gapni çözib ötirmasdan.
– Qanaqa pul? Sen bilan töliq hisob-kitob qilmaganmidik? – özini göllikka solib boşladi u kutilmaganda.
– Yöq, töliq uzmaganding pulimizni, öttiz ming rubl qolgandi, uyingning içki ta'mirlaş işlarini töliq tugatib çiqib ketayotgan kunimiz, «keyingi haftada kartangga taşlab yuboraman, özing körding, bu ta'mirlaş işlari menga qimmatga tuşib ketdi, bir oz puldan qiynalib qoldim» deganding. Öşandan buyon tört hafta ötdi, har safar keyingi haftada pul böladi, deyapsan, mana yana aytilgan vaqt keldi, endi nima deysan? – dedim.
U tomonda bir fursat jimlikdan söng:
– Pul yöq deyman, boşqa bir tiyin bermayman, tamom!
Töğrisi undan bu javobni kutmagan edim. Uç oyga yaqin uyida işladik, ança yaqindan tanişib qolgan edik, uyida işimizni tugatib ketayotgan kunimiz yonimdagi ikki şerigim «hozir töliq olib ketmasak pulni keyin bermaydi, «sleduyuşçiy nedeli»si köp bularni hozir oliş kerak», deyişdi. Men bölsam, Oleg aldaydigan odam emas, debman-da, mana endi oçiqdan-oçiq bermayman deb ötiribdi. Nima deyişimni bilmay bir oz şoşib qoldim.
– Axir söz bergansan, bu pul bizning mehnat haqqimiz, nega bermaysan?!
– Işlaring çala bölgan, sifatsiz qilgansizlar!
– Yolğon, biz işimizni tugatgunça, er-xotin har kuni kelib tekşirib turdinglar. Işni topşirayotgan kunimizda ham, qayta-qayta söradim, işimiz sizlarga yoqdimi? Biror kamçiligi bölsa körsatinglar, aytinglar dedim. Sen ham, xotining Mariya ham «işlaring judayam zör, rosa çiroyli çiqdi hamma joyi, bizga yoqdi», deya rosa rahmatlar aytdinglar. Kamçiligi bölsa, hozir boraman körsat, töğrilayman.
– Xullas pul yöq, menga qaytib telefon qilib ötirma, uyimga ham kelma. Qölingdan kelsa tortib ol, meni bilasan Moskvada faqat ikkita odamdan qörqaman, pul haqidagi gapni unut! – u şunday deya telefonni öçirdi.
Mavzuga oid
Şokka tuşdim, kutmagandim vaziyat bunaqa bölişini. Olegning Moskva markaziga yaqin joyda, köp qavatli yangi qurilgan uylarda joylaşgan uç xonali uyini uç kişi uç oyga yaqin içki ta'mirlaş işlarini bajargandik. Uy egalari oilaviy, şahardan unça uzoq bölmagan dala hovlisiga vaqtinça köçib ketdi. Biz uy ta'mirini tugatgunimizça har hafta, xotini va öğlini olib kelib bir xabar olib ketardi. Qurilişga biror material kerak bölib qolsa, Oleg bilan birga maşinasida borib, buyurtma berib kelamiz. Böyi naqd ikki metr keladigan, gavdasi eniga ham, menga öxşagan ikki odamni orqasiga yaşirsa körinmay qoladigan bu odamni, birinçi körganimdayoq, «dev-ku bu» deb öylagandim. Doimo soçini ustarada oldirib yurişi, körinişini yanada bahaybat körsatadi. Telefonimga ham şuning uçun «Oleg dev» deya raqamini saqlab qöyganman.
Şu uç oy içida neça marta birga quriliş materiallari sotiladigan bozorga bordik, aniq esimda yöq, ammo köp birga bordik. Maşinasi ham devlar minadigan qimmat baho maşinalardan «BMV» rusumli avtoning eng sönggi çiqqan markalaridan. Özining aytişiça, Mariya uning ikkinçi xotini, birinçi xotinidan ikki qizi bor, ança yillar oldin ajraşişgan.
«Mariyani sevib qoldim, ammo u menga pulim uçun, mansabim, obröyim uçun turmuşga çiqqan, buni bilaman, agar qölimda mol-davlatim, kuçim bölmasa ön sakkiz yoşli qiz qirq ikki yoşli menga tegarmidi. Mana ön yildan buyon birga baxtli yaşayapmiz. Öğlimiz bor, körgansan».
Haqiqatdan ham hali öttizga ham kirmagan Mariya, Olegning yonida qizidek bölib körinadi. Çiroyi va qaddi-qomati fotomodellarga öxşaydi. U bu gaplarni yölda, quriliş materiallari sotiladigan bozorga borib qaytgunimizça aytardi.
Pul odamni şunaqa quturtirib yuborar ekanmi, katta yölda ketayotganimizda oldimizdan quvib ötayotgan maşinalardan birortasi salgina nojöya harakat qilsa, baqirib sökinib ketadi, darrov maşina old qutisidan töpponçasini olib, otib taşlaymanga tuşadi. Birinçi marta uning qölida töpponça körganimda kapalagim uçib ketgandi, nima baloga duç keldim, mafiyami bu, deya. Yaxşiyamki, bu töpponçaning otilganini körmadim. Ammo doimo osmondan kelib gapiradi u.
«Moskvaning eng zörlaridan biriman men, bu şaharda men qörqadigan ikkita odam bor, boşqa heç kimdan qörqmayman» deyaveradi. Odatda zörlar indamay yurardi, bunaqa maqtançoq bölmasdi, yoki ruslarda boşqaçamikan, deb qöyaman. Boşida yuragimga qörquv tuşdi, bu baqiroq ertaga iş bitgaç pulimizni bermay qöysa-çi, biror nima desam, maşina qutisidan töpponçasini olib peşonamga tirasa-çi, deya.
Ön beş kunça işlaganimizdan keyin, tavakkal, avans, deya kattaroq pul sörab köraman, bersa yaxşi, işni davom ettiramiz, bermasa, ön beş kunlik işga kuydik, asta taşlab, ketib yuboramiz, degan xayolda undan pul söradim.
– Puldan muammo yöq Baxa, sen xavotir olma, – deya söragan pulimga ozroq qöşib ham berdi.
Könglim xotirjam böldi. Keyingi safar ham, pul söragan vaqtimda bir oğiz söz demasdan berib turdi. Endi oxiriga kelganda, uning uçun arzimas pul bölgan öttiz mingni bermayman, deb ötiribdi oçiqçasiga.
Öşa kuni keçasi bilan uyqum kelmadi. Musofirçilikda hamma narsani kördik, firmada işlaganimizda köp pullarimiz qolib ketdi, aldandik, özimiznikilar aldaşdi. Işlayverib, köraverib odam asta-sekin pişib boraverar ekan, oxirgi vaqtlarda asosan şaxsiy uylarning içki ta'miri bilan şuğullandik.
Töğridan töğri, örtaga odam qöymasdan, uy egalari bölgan ruslarning özi bilan gaplaşilsa, aldaniş yöq bu işda. Ammo.. Men işonib aldamaydi, deb yurgan Oleg dev şunaqa qilib ötiribdi. Dodimni kimga aytaman endi? U dev bu joyning politsiyaçilaridan qörqmaydi aniq, özim buning guvohi bölganman. Bir marta qöşnilar qattiq şovqin qilişyapti, deya ustimizdan şikoyat qilişibdi. Iloj qança, qurilişda perforator işlatmasa bölmasa. Xullas uçastka noziri bir hamkasbi bilan kelib, men va ikki şerigimni olib ketişdi. Politsiya bölinmasida ötirib Olegga telefon qildim, vaziyatni aytdim. Bir soatga qolmasdan yetib keldi va butun bölinmani oyoqqa turğazib yubordi. Uçastka nozirini şunaqa sökdi, butunboşli politsiya bölinmasida bitta zör çiqib nima qilyapsan, deya olmadi.
Öylab öyimga yeta olmadim, boşim oğrib, umuman uyqum kelmadi. Öttiz ming rubl, beş yuz dollar degani. Agar bu pulni ola olmasam, yonimdagi ikki şerigimga özim işlab berişim kerak. Özim ön mingga kuyganim yetmagandek bu ikkoviga har biriga ön mingdan hozir işlayotgan joyimizdan çiqarib berişim zarur.
Biznikilar şunaqa, agar biror joyda pulimizni ololmay qolsak, men sen bilan gaplaşganman, menga farqi yöq, u beradimi-yöqmi, uyoği sening işing. Pulimni topib berasan, yoki Özbekistonda seni sudga beraman, deb turib olganlarga bir ikki marta işlab ham berganman. Xullas, törtta odamni işontirib işga olib, boşqariş mas'uliyatli iş ekan judayam.
Oleg devning oldiga töğri borsammikan, yuzma-yuz bölsak berar... Törtta barzangiga ayttirib, ölasi qilib kaltaklab, kimsasiz örmonga olib borib taşlasa-çi, bu joyda meni kim izlaydi, deya yurakka qörquv ham tuşadi. Nima qilsam ekan? Öttiz ming olaman, deb devga qarşi çiqaman, deb ölib ketsam-çi... Xayolga nimalar kelmaydi-yey, uxlasang-çi, ertalabga bir gap bölar deyman özimga özim.
Tong saharga yaqin közim ilinibdi. Uç soatça uxlab, kallam yaxşi işlaydigan bölib uyğondim şekilli, yuz qölimni yuvdim-u, devga telefon qildim. Birinçi galdagisida kötarmadi, ikkinçisida kötardi yaxşiyam.
– Nima deysan? Men senga telefon qilma degandim-ku, – dedi men gapirar gapirmas.
– Oleg, meni diqqat bilan eşit, sen köp aytasan-ku, Moskvada faqat ikkita odamdan qörqaman deb, kimlar ular?
– Şu paytda nimaga kerak senga bu? Yoki rostdan ham ularning oldiga bormoqçimisan? – u şunday deya xoxolab kuldi.
– Sen ayt-çi avval.
– Ismini aytişim şartmi, bittasi Moskva şahrining eng kattasi, ikkinçisi Rossiyaning eng kattasi.
– Sen qörqadigan uçinçi odam ham bor ekan, agar şu bugun pulimni kartamga taşlamasang, öşa odamga aytaman.
Avvaliga rosa kuldi, keyin söradi.
– Kim ekan meni qörqitadigan öşa odam?
– Xotining Mariya!
– A... Men Mariyadan qörqar ekanmanmi? Keyin pulingni mendan Mariya olib berar ekanmi? – yana kuldi u maza qilib.
– Meni eşitsang bilasan nega qörqişingni, sen uçun arzimas bölgan pul uçun oilang buzilişini istamasang kerak. Esingdami, maşinangda quriliş materiallari sotiladigan bozorga ketayotgan vaqtimizda menga aytgan gaplaring.
«Baxa bitta iltimos bor, bir iş qiliş kerak. Buni faqat sen va men bilişimiz kerak. Hatto şeriklaring ham bilmasin, ayniqsa Mariya umuman bilmasligi kerak, agar u bilib qolsa, sen menga işonmasdan, meni poylab yuribsanmi, deya rasvoyimni çiqaradi, u hamma sirlarimni biladi. Şuning uçun bu sir bölişi kerak. Hozir bozordan uç dona kiçkina kamera olamiz. Ya'ni yaşirin kamera, uyning uç joyiga örnatasan, yotoqxonamizga, katta eşikdan kirgan joyda zalga va oşxonamizga. Bilasan men safarlarda yurişim köp, Mariya hali yoş, çiroyli, öynab kulgisi keladi. Töğrisi, unga işonmayapman, menga xiyonat qilişi mumkin. Har qadamini kuzatişim kerak. Iltimos sendan, bu sir şu kameralarni heç kim bilmaydigan qilib örnatib ket», deganding, öşa kameralar hozirda uyingda işlab turibdi. Buni faqat ikkimiz bilamiz. Mariya ham bilsa nima bölar ekan a? – dedim.
– Sen… sen... axir söz bergansan heç kimga aytmayman deb, erkak kişi sözida turişi kerak. Seni topib olsam nima qilaman, bilasanmi?!
– Topa olmaysanda, men hozir aeroportda ötiribman, tez orada uçib ketaman. Agar ön beş daqiqada kartamga öttiz ming tuşmasa, Mariyaga xabar yozaman. Bilasan, uning raqami bor menda, yana bir ikkita gaplar ham qöşib yuboraman özimdan ham. Nataşa degan jazmaning ham bormidi-yey... Uç dona yaşirin kameralarni körgaç, Mariya menga işonadi, albatta.
Oleg nimalardir deb rosa sökindi, qars-qurs qilgan ovozlardan bildimki, bir narsalar sindi ham.
– Kelişdik, hozir karta raqamingga taşlayman pulni. Ammo men senga işonib bu işni qildirgan edim, yaxşimas sözida turmaslik, sirni sotiş, – dedi.
– Sen sözingda turdingmi? Agar sen sözingda tursang, men ham sözimda turaman, – dedim.
– Keyin yana söramaysanmi? Yana Mariyaga aytaman demaysanmi? – men keçasi his qilgan qörquvni endi u boşidan ötkazayotgani ovozidan sezildi. Bilgandim bu baqiroq xotinidan şunaqa qörqişini.
– Men sendan özimiz işlagan mehnat haqimizni söradim, ortiqça bir çaqa kerakmas, kartamga pul tuşişi bilan sening ham, xotiningning ham telefon raqamlaringni öçirib taşlayman, söz beraman.
U indamasdan telefonni öçirdi.
Oradan beş daqiqa ham ötmasdan, telefonimga xabar keldi. Kartangizga falonçi falonçiyev öttiz ming rubl ötkazdi, degan.
Şu gaplarga ham sal kam uç yil bölibdi.
* * *
P.S.: Ruslar bu yozganlarimni öqimaydi-yu, baribir har ehtimolga qarşi ismlar özgartirildi.