Maqsadlar yetaklagan musofirlik

Meni bu yerda Gulya deyişadi. Asl ismim Gulçehra, farğonalikman. 46 yoşdaman. Taqdir ekan, turmuşim bölmadi. Özbekistonda farzandlarim, ikki öğil va bir qizim bor. Mana 13 yildirki Rossiyada rizqimni terib yuribman.

2010 yilda bu davlatga kelganimda oldimga köpçilik insonlarnikiga öxşaş qator maqsadlar qöygandim. Uy oliş, ulğayib borayotgan farzandlarimga şaroit yaratib beriş, ularni öqitiş, vatan uçun, jamiyat uçun kerakli insonlarga aylantiriş...

Ammo bularning bari hali şirin orzu edi. Birinçi kelişimdayoq boşim toşga, toşga emas, toşlarga urildi. Sovuqda juda qiynaldim, oyoğimdagi oğriq azob bera boşladi. Şu paytgaça ham uç marta operatsiya bölganim pand berdi. Son suyagim yemirilişi tufayli uzoq davolangandim. Izğirin kunlarda şiş paydo böldi va oğriq çidab bölmas darajaga keldi. Uyga qaytişga majbur böldim. 

Toşkentda qator tekşiruvlardan ötganimdan keyin menga törtinçi operatsiya zarurligini aytişdi. Eng dahşatlisi – bu safar operatsiyani onkologiya şifoxonasida qiliş zarurligini bildirişdi. Öşa paytlar hayot köz öngimda töxtab qoldi nazarimda. Katta köçaga çiqib olib “ölgim kelmayapti, Allohim!” deya dod solib yiğladim.

Şunça dard çeksam-da, buni yaqinlarimga ayta olmadim. Foydasi yöqligini bilar edim. Operatsiyani ötkazib, sal oyoqqa turişim bilan hayotga umidim ham qaytdi. Öziga tavakkal qilib, “nima bölsa peşonamdan kördim” deya yana Moskva şahriga uçib ketdim. Bir dökonda sotuvçilik qila boşladim. Hali tuzuk işlab ulgurmasimdan navbatdagi sinovga duç keldim – işlaş uçun hujjatlarim yöqligi sababli sud qilişdi.

Sudda çindan xörligim kelib, öpkam tölib yiğladim. Deport qilmasliklarini, işlaşim kerakligini, uy olişim zarurligini, bolalarim yoş ekanini aytib, sud zalida köz yoş tökdim. Natijani aytsam, köpçilik işonmaydi, çunki bunday paytda sud odatda mamlakatdan badarğa qiliş haqida qaror çiqaradi. Biroq sudya mening holatimni tuşundi va 2500 rubl jarima bilan çiqarib yubordi.

YtfEarPTzDe98OoW39UW9YUzhQwaypcW.jpg (640×640)

Qurilişdagi işlar

Deportatsiya qilinmagan bölsam-da, biror hujjatsiz edim, heç kim işga ham olmasdi. Ilojsizlikdan qurilişda oşpazlikka rozi böldim. Tojikistonlik 16 nafar özbek yigitlari işlaşardi, men ularga yegulik tayyorlardim, kirlarini yuvardim, xonalarini tozalardim va böş vaqtim bölsa, özlarigayam qaraşardim. Maoşim 18 ming rubl, juda kam bölsa-da, şukr qilardim. Yeb-içişim, yaşaş uçun kuraşişim uçun işlaşim zarur edi...