30 yildan keyin internet neftdan muhimroq böladi. Raqamli texnologiyalar köplab muammolarga yeçim böladi va ular odamlarni baxtliroq qilgan holda barqaror rivojlanişga kömak beradi. Bunday fikrni Alibaba Group asosçisi, xitoylik tadbirkor Jyek Ma "Skolkovo"dagi "Oçiq innovatsiyalar" forumida aytib ötdi.
Milliarderning fikriça, dunyoni töliq elektron tijorat va elektron iqtisodiyot kutmoqda: işlab çiqarişda yangi iş örinlari taşkil etilmaydi, sababi işlab çiqariş bilan sun'iy ong şuğullanadi, iste'molçilarga esa mahsulot qayerda işlab çiqarilganining farqi bölmay qoladi.
"Yaqin orada mahsulot Xitoyda, AQŞda yoki yana boşqa biror joyda işlab çiqarilgani ahamiyatsiz bölib qoladi. Işlab çiqariş bilan sun'iy ong şuğullanadi, odamlar esa boşqa narsalar bilan maşğul böladilar", deb aytgan Ma.
Şu bilan birga Ma odamlar maşinalar ularning örinlarini egallab olişidan xavotirlanmasalar ham bölişini aytdi. "Ha, vaqti kelib maşinalar odamlar kabi köp böladi. Biroq odamlar odamlar bölib qoladilar, çunki ularda qadriyatlar mavjud", deb aytdi Ma.
"Fikrimça, dunyoga "katta yigirmatalik" emas, "katta ikki yuztalik" kerak böladi", deb öz sözini intiholadi Ma.












