Kuz mavsumi özi bilan ajoyib kayfiyat, tabiatning rangorang jilvasi hamda möl hosilni olib kelişi heç kimga sir emas. Özbek xalqi uçun sevimli bölgan kuz mevalaridan biri - anor haqida nimalar bilasiz? Nega uning mevasi pöstloğidan yorilib ketadi? Uni sotib olişda nimalarga e'tibor qaratiş lozim?
Anor tanlaşda oddiy qoidaga amal qiling
Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, dökonda uşlab körgan anoringiz, pöstloği yupqa ekanligi holida vazni körinişidan köra oğirroq bölsa, uni heç ikkilanmay sotib olaveriş mumkin. Şuningdek, sirti zaxa yemagan bölişini ham nazardan qoçirmang. Xalq tilida «Anorning içida neçta donasi bölsa, u şunça dardga davodir» degan ibora yuradi. Bu bejiz aytilmagan. Anor mevasi tarkibida 80 foiz suv, 12-15 foiz qand, 19 foiz askorbin kislota, sof holda organik kislotalar – olma, limon, şovil kislotasi mavjud.
Yana şuni bilib olingki, qip-qizil anor ship-şirin anor degani emas. Bu mevaning rangi turlariga köra turliça böladi. Köpçilik anorni sotib olavermasligiga yoki umuman yoqtirmasligiga sabab, uni tozalab yeyiş murakkab tuyulgani uçun bölsa kerak. Çunki uni, olmani tişlagan kabi tişlab, yeb ketaverilmaydida. Lekin, asl narsaga erişiş oson bölmasligi ham öz-özidan tuşunarli.
Mevaning daraxtida pişib yetilişi bilan yorilib ketişiga boğbonlar nima deydi?
Facebook ijtimoiy tarmoğidagi Boğdorçilik ilmi guruhi a'zolarining aytişiça, anor pösti yorilib ketişiga bir neçta sabablar mavjud: pöstloqning yupqaligi, bir tup daraxtda hosilning me'yordan köpayib ketişi, ba'zi mikroelementlarning yetişmasligi, ob-havoning keskin özgarişi şular sirasidan.
Eng asosiysi esa daraxt ildizidan suv bosimi kelib mevani yorib yuborişi, ya'ni pişib turgan anorni köp suğorib yuborişdir. Buning uçun boğbonlar meva sirtini namlab turişni tavsiya etadi.
Anorni qanday iste'mol qiliş qulay?
Anorni tozalaganda, piçoqni ehtiyotkorlik bilan işlatiş zarur, yöqsa, uning içidagi donalarning aksari uvol bölib ketişi mumkin. Piçoq bilan anorning uç qismidan, donalari yöq joyidan kesib olinadi va piçoqning uçi bilan tepadan pastga qarab bir neça çiziqlar tortiladi (aslo köndalangiga emas). Keyin esa, öşa kesik çiziqlar qöl bilan oçiladi.
Endi esa marhamat, undan mevali salatlar tayyorlaysizmi, oş ustidan donalarini sepasizmi yoki piyolada ezib, suvini simirasizmi, ixtiyoringiz, u har qanday şaklda ham faqat va faqat foydalidir!












