Qiş eşik qoqqanda isitiş mavsumi muhim masalaga aylanadi. Ammo markaziy isitiş tizimi faoliyati köp qavatli uylarda yaşaydigan aholi ehtiyojlarini töliq qondirmaydi. Agar isitiş tizimi qabul qilingan me'yorlarga javob bermasa uşbu xizmatdan yakka tartibda voz keçiş mumkinmi?
«Pravda Vostoka Online» naşri uşbu savolga «Toşissiqquvvati» DUK «Issiqliksotiş» boşqarmasi rahbari vazifasini bajaruvçi K. Nazarovdan javob oldi.
—Köp qavatli uylarni issiqlik bilan ta'minlaş xizmatini körsatiş qoidalarining 15 hamda 88 bandlariga köra, köp qavatli uylarda alohida turar va noturarjoy qismlarida içki issiqlik tizimi va issiq suv ta'minotidan uziş taqiqlanadi.
Amaldagi qonunçilikka köra, elektr, issiqlik, tabiiy gaz yoki suv umumiy foydalaniş tizimiga özboşimçalik bilan ulaniş, elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv hisoblagiçlarini atayin yaroqsiz holga keltiriş, şuningdek, ularning muhrini buziş, körsatkiç raqamini özgartiriş kabilar uçun eng kam iş haqining 25 barobaridan 75 barobarigaça jarima solinadi. Şuningdek, 240 soat majburiy jamoat işlariga yoki bir yilgaça axloq tuzatiş jalb qilinadi.












