Argentinada 22 oktabrda ötgan saylovlar natijalariga köra mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner parlamentning yuqori palatasi – senatga saylandi.    

Sobiq prezident saylovlarda Buenos-Ayres viloyatidan iştirok etgan. Saylovlarning dastlabki natijalariga köra, u taşkil etgan "Fuqarolik birdamligi" alyansi viloyatdagi saylovlarda 2-örinni oldi va şu tariqa senatda bir öringa ega böldi. 

Senatorlik mandati de Kirşnerga parlament daxlsizligini kafolatlaydi. Ayni vaqtda unga nisbatan korrupsiya va markaziy bankda firibgarliklar böyiça uçta jinoiy iş qözğatilgan. Bundan taşqari, prokuratura sobiq prezidentni 1994 yilda yahudiylar markazida sodir etilgan terakt tergoviga qarşilik qilişlikda gumon qilmoqda. Parlament daxlsizligi de Kirşnerni sud ta'qibidan qutqara olmaydi, lekin uning hibsga olinişidan himoyalaydi.

Saylovlar natiijalariga köra deputatlar palatasidagi 257 örindan 127 tasi va senatdagi 72 ta örindan 24 tasi yangilanadi. Ayni vaqtda birorta partiya parlamentning ikkala palatasida ham mutlaq köpçilikka ega emas.