Moliyaviy konglomerat kelajakning turli texnologiyalariga 880 milliard dollar sarmoya kiritiş rejalari haqida ma'lum qildi. BI şu haqida xabar berdi. Kompaniyaning allaqaçon 100 milliard dollarlik hajmga ega Vision Fund sarmoya fondi bor. Uning yangi iteratsiyalari har 2-3 yilda işga tuşiriladi, deyiladi kompaniyada. 

SoftBank - Nvidia, ARM, Improbable'ga investitsiyalar kiritişda Vision Fund'dan foydalangan. Fond şuningdek  Uber'ning 20 foizini qölga kiritişi bilan şartnomani tugallaşga yaqin turibdi. Kuni keça SoftBank Group boş direktori Masayesi Son joriy fond tugagandan keyin umumiy hajmi 880 milliard dollarlik yana uç Vision Fund 2, 3 va 4 ketma-ket taşkil qilinişini ma'lum qildi. 

Sonning aytişiça, SoftBank kamida 1000 texnik kompaniyaga sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. Bunda birinçi navbatda sun'iy intellekt va robot texnikasi bilan işlovçi kompaniyalarga e'tibor qaratiladi. Masayesi Son ilgari "singulyarlik" konsepsiyasiga işonişi haqida aytgandi. Uning fikriça, 30 yildan keyin şunday davr keladi, biroq hozirning özidayoq şuni inobatga olib investitsiyalarni amalga oşirmoqda. 

"Men singulyarlik davri kelişiga işonaman, şu bois pul yiğib, uni investitsiyalaşga şoşilayapman", - deydi u. Masayesi sun'iy intellekt oxir-oqibat odamlardan bir neça barobar aqlli maşinalarga yöl oçişiga işonadi.

Sonning sözlariga köra, 880 milliard dollar ularning 10 yillik investitsiyalari uçun yetarli. Yapon konglomeratining tezligi va investitsiyalar miqdorini inobatga olganda, 10 yil hatto bunday katta summa uçun ham katta muddatdek tuyuladi. 

Joriy yilda SoftBank'ning yirik investitsiyalari orasida  Brain Corp, Mailbox, Boston Dynamics, Improbable, Nvidia va Slack qayd etildi. Şuningdek SoftBank Amerika kompaniyasiga eng yirik investitsiya haqida e'lon qildi - u WeWork startapiga 4,4 milliard dollar sarflaydi. Masayesining özi yaqinda vertikal fermalarda ösimliklar yetiştiruvçi Plenty startapiga 200 million dollar sarmoya kiritgandi.