«Barselona» klubining sobiq himoyaçisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon çempioni bölgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toşkentga taşrif buyuradi.
Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov şu yilning sentabr oyida Şveytsariyaning Tsyurix şahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uçraşgandi.
Uçraşuv davomida Özbekiston delegatsiyasi futbol tarğibotini kuçaytiriş maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini Özbekistondagi yoş futbolçilarga master-klass ötab berişi uçun taklif qilişda FIFAning amaliy yordam berişini söragandi.
FIFA prezidenti Janni Infantino öşa uçraşuv davomida Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqiçga olib çiqiş borasida amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini Özbekistonga yuborişda amaliy yordam berişni va'da qilgandi.
Puyolning Özbekistonga taşrifi şaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyuştirilayotgan bölib, bu orqali FIFA prezidenti Özbekistonda futbolni yanada rivojlantiriş maqsadida federatsiya tomonidan amalga oşirilayotgan katta hajmdagi çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlaş va futbolning ommaviyligini oşirişga hissa qöşişni maqsad qilgan.
Karles Puyol taşrifi davomida Özbekistondagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanişadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini örganayotgan yoş futbolçilar uçun master-klasslar ötkazib beradi.
Şuningdek, Jahon futboli afsonasi özbek futboli bilan yaqindan tanişiş maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bölib ötadigan «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari örtasidagi öyinni ham bevosita «Paxtakor» stadionidan turib tomoşa qilib borişi rejalaştirilgan.
«Karles Puyol kabi Jahon darajasidagi futbol yulduzlarining yurtimizga taşrifi Özbekistonda futbolni ommaviylaştiriş va tarğib qiliş, ösib kelayotgan yoş avlod örtasida futbolga bölgan qiziqişni yanada oşişiga xizmat qilişi aniq», deyiladi ÖFF matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, Karles Puyol hali futbolçi vaqtida, 2008 yili Özbekistonga kelgandi. Öşanda Toşkentning boşqa bir jamoasi «Bunyodkor» klubi rahbariyati kataloniyaliklar jamoasining 3 yetakçisini, Karles Puyol, Andres Inesta va Sesk Fabregasni taklif qilgandi.








