Taniqli satirik yozuvçi Mixail Zadornov vafot etdi. Bu haqda u bilan hamkorlik qilgan ReN TV telekanalida xabar berilgan. U 69 yoşda edi.
Oxirgi yillarda u onkologik xastalik bilan kuraşib kelayotgandi.
Oktyabr oyi oxirida boşqa bir satirik yozuvçi Semen Altov Zadornovning soğliği juda yomon ekanini aytgandi.
2016 yil kuzida Zadornov ximiyaterapiya tufayli öz çiqişlarini bekor qilgandi.
Zadornov özi dardi haqida gapirmas, OAVning e'tiborini tortişni istamasdi.
Zadornov 1948 yilda Latviyada tuğilgan. U satirik konsertlari orqali maşhur bölgandi, uning çiqişlari federal kanallar orqali namoyiş etilgan.
Ötmişda uşbu satirik «Anşlag», «Smexopanorama» va «Satiriçeskiy prognoz» kabi yumoristik körsatuvlarni olib borgan.









