10 noyabrda 70 yoşida vafot etgan taniqli rossiyalik satirik Mixail Zadornov Latviyada dafn etiladi. Bu haqda artistning oilasi uning “VKontakte”dagi sahifasida ma'lum qilgan.
“Bugun, 2017 yil 10 noyabrda, soat 9.15da bizning yaqin va qadrdon insonimiz hayotdan köz yumdi. Uni hayotining oğir damlarida qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorlik bildiramiz. Mixailning istagi bilan u tuğilgan ölkasi – Latviyada dafn etiladi. Dafn sanasi va vaqti haqida keyinroq ma'lum qilamiz”, deb aytilgan xabarda.
Satirikning oilasi uning öz hayoti va oila a'zolari hayotini çetdan aralaşişlardan himoya qilib kelgani haqida eslab ötdi. “Uning istagini hurmat qilib, uning ölimi atrofida ortiqça maşmaşa kötarmaslikni sörab qolamiz. Biz uning hayotini va ölimini turli tok-şoularda va boşqa telekörsatuvlarda, bosma matbuot va radioda ommaviy muhokama qilinişiga heç kimga ruxsat bermaganmiz”, deyilgan xabarda.
Zadornov 1948 yilda Yurmalada dunyoga kelgan. Televideniyeda 1982 yildan çiqa boşlagan. Satirik 10 dan köproq kitob yozgan, uning asarlari orasida lirik va hajviy hikoyalar, oçerklar, pesalar bor. Zadornov uzoq vaqtdan beri onkologik kasallik bilan kuraşib kelgan.












