11:30 / 10.11.2017
15445

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda transport logistikasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirdi

Foto: KUN.UZ

10 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichga qadam qo‘yishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

«Transport, logistika va tranzit yo‘laklari borasida mintaqada hamkorlik rivojlanishi lozim. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida temir yo‘l infratuzilmasi, xususan avtomobil ko‘prigi foydalanishga topshirilgani, keyinchalik undan Turkmaniston-Eron-Ummon yo‘nalishida logistika yo‘lagi paydo bo‘lishini alohida ta'kidlash kerak. Bunday hamkorlikni O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘lida ham kuzatish mumkin. Biz ana shu tarmoqda avtomagistral loyihasini yakunlashni ham rejalashtirganmiz», deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Ana shu bildirilgan fikrlarni xulosa qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘lagi tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshmagan imkoniyatlar» mavzusida xalqaro anjumanni tashkil etishni taklif qildi.

«O‘ylaymanki, bunda hamkor davlatlar faol qatnashadi», deb qo‘shimcha qiladi prezident.

Top