2017 yilning 9 noyabr kuni Özbekiston matbuot va axborot agentligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan naşriyotlar «Boş muharrirlari klubi»ning ta'sis majlisi bölib ötdi.  

Unda Matbuot va axborot agentligi qoşida mulkçilik şaklidan qat'i nazar, barça turdagi naşriyotlar boş muharirlarining jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi «Boş muharrirlar klubi» taşkil etilganligi e'lon qilindi.  

Mazkur Klub noşirlik sohasidagi yutuqlarni keng tarğib qiliş, mavjud muammolarni özaro hamkorlik va hamjihatlikda yeçiş, sohani yanada rivojlantiriş, uning istiqbol rejalarini, taraqqiyot tendetsiyalarini belgilaş, kitob bozoridagi ehtiyojlarni marketing nuqtai nazaridan professional baholaş, xorijiy tajribani örganiş va tatbiq etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.  

Ta'sis majlisida klub raisi etib, taniqli jurnalist, tajribali noşir, «Şarq» naşriyot-matba aksiyadorlik kompaniyasi boş muharriri Ahror Ahmedov, kotib vazifasiga esa «Adolat» naşriyoti boş muharriri Abdulhamid Omonov saylandi.

Majlisda klubning faoliyati norasmiy va erkin ekanligi, unga nafaqat muharrirlar, balki barça naşriyot mutaxassislari, xususan, dizayner va rassomlar, texnik muharrir va musahhihlar ham a'zo bölişi mumkinligi aytildi.

Klub a'zolari oldindan tasdiqlanadigan reja asosida har oyda bir marta sohaning eng dolzarb mavzu va muammolariga bağişlangan yiğinlarini ötkazib borişga kelişib olişdi.