Eronda yuz bergan zilzila oqibatida halok bölganlar soni 141 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Press TV telekanali mahalliy rasmiylarga asosan.

Avvalroq 129 kişi halok bölgani va mingdan ortiq inson jabrlangani xabar berilgandi.

Zilzila Eron va Iroq çegarasida 12 noyabr kuni yuz berdi. Yevropa Örta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga köra, magnituda 7,2’ni taşkil qildi. Iroqda ham tabiiy ofat natijasida köplab insonlar hayotdan bevaqt köz yumgan.

Manba xabariga köra, Eronda zilziladan söng 14 ta afterşok yuz berdi. "14 ta takroriy yer silkinişlari ğarbiy tumanlarda yuz berdi. Ularning kuçi Rixter şkalasi böyiça 2,3 balldan 4,1 ballni taşkil qilgan", - deya ma'lum qildi zilzilalarni kuzatib boriş markazidagi manba.

Qizil Yarim oy jamiyatining xabar berişiça, taxminan 70 ming eronlik boşpanasidan ayrildi hamda vaqtinçalik turar-joyga ehtiyoji bor. Hukumat jabrlanganlarga yordam körsatiş böyiça tegişli çoralarni körmoqda.

Öz navbatida, Turkiya Iroqqa yordam körsatişga tayyorligini ma'lum qildi. Mamlakatning zilziladan jabr körgan tumanlariga mobil guruhlar yuborildi, turk şifoxonalarida jarohatlanganlarni qabul qilişga tayyorgarlik körilmoqda.