Yevropada JÇ-2018 yöllanmasi uçun pley-off uçraşuvlari davom etmoqda. Bugun bölib ötadigan yana bir uçraşuv bilan jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan navbatdagi terma jamoa nomi aniq böladi. Hozirça butun pley-offlarning eng markaziy uçraşuvi deya baholanayotgan uçraşuvda Italiya terma jamoasi şvetsiyaliklar bilan yagona yöllanma uçun kuraş olib boradi.

JÇ-2018 saralaş bosqiçi, Yevropa
Pley-off bosqiçi
Italiya – Şvetsiya
Uçraşuv bölib ötadigan stadion: «San-Siro» (Juzeppe Meatstsa)
Boşlaniş vaqti: 14 noyabrga ötar keçasi soat 00:45 (Toşkent vaqti bilan)
Boş hakam: Antonio Mateo Laos (Ispaniya)
Bugun butun dunyo futbol muxlislarining e'tibori aynan mana şu uçraşuvga qaratilişi şubhasiz. JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasidagi navbatdagi yöllanma Milanda öynaladi va unda Italiya terma jamoasi Şvetsiyani qabul qiladi. Uçraşuvga bölgan qiziqişning oşişiga yana bir sabab sifatida dastlabki uçraşuvda qayd etilgan hisobni keltirib ötişimiz mumkin.
Stokholmda keçgan birinçi uçraşuvda şvedlar kiçik hisobda ğalaba qozonişdi va javob uçraşuvi oldidan ustunlikka ega bölib olişdi. Öz uyida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani uçun ham skandinaviyaliklarning imkoniyati ança oşdi. Agar ular bugun Milanda gol kiritişni uddalay olişsa, Italiya yöllanmani qölga kiritişi uçun kamida 3ta gol bilan javob qaytarişi lozim böladi. «Skuadra Adzurra» vakillari bunga tayyormi?
Eng qiziq tomoni, Italiya terma jamoasi 1958 yilgi jahon çempionatidan söng muntazam ravişda tört yillikning eng nufuzli musobaqasida iştirok etib kelmoqda. Agar bu uçraşuvda vazifa uddalay olinmasa, 60 yillik muntazamlikka köçgan an'ana barham topişi mumkin. Yana bir qiziq tomoni, Italiya tört karra jahon çempioni bölib turib ham JÇda iştirok eta olmagan ilk terma jamoaga aylanişi mumkin. Buni esa tasavvur qiliş juda qiyin albatta.
Uçraşuv oldi qiziqarli faktlar:
Ikki jamoa özaro şu kunga qadar 25 uçraşuv ötkazgan bölib, Italiya terma jamoasi 12 marta zafar quçgan, 7 uçraşuvda esa Şvetsiya terma jamoasining qöli baland kelgan, 6 uçraşuvda durang qayd etilgan.
Italiyaliklar öz uyida Şvetsiya terma jamoasiga qarşi 1983 yildan buyon mağlubiyat nimaligini bilmay kelişmoqda. Bundan 34 yil muqaddam Neapolda qölga kiritilgan ğalaba (3:0) Şvetsiya uçun mehmonda qölga kiritilgan yagona ğalaba bölib qolmoqda.
Italiya terma jamoasi sönggi beşta uçraşuvdan buyon bittadan ortiq gol kirita olmayapti: Isroil va Albaniya 1:0 hisobida mağlub etilgan bölsa, Makedoniya bilan 1:1 durang qayd etildi. Ispaniya va Şvetsiya terma jamoalari darvozasi esa işğol etilmadi.
JÇ-2006da törtinçi marta JÇda zafar quçgan Italiya terma jamoasi şundan söng ketma-ket ikki mundialda ham guruh bosqiçidan nariga öta olmagan.
JÇda Italiya terma jamoasi ötkazgan sönggi 6 uçraşuvning faqat bittasida ğalaba (Angliyani 2014 yilda mağlub etgan) qozona olgan xolos.
Şvetsiya esa sönggi ikki jahon çempionatida ham iştirok eta olmagan.
Taxminiy tarkiblar
Italiya terma jamoasida sariq kartoçkalari köpayib ketgani uçun Marko Verratti uçraşuvda maydonga tuşa olmaydi. Qolgan çiziqlarda esa muammo yöqligini körişimiz mumkin:
Italiya: Buffon, Bardzali, Bonuççi, Kellini, Darmian, Kandreva, Parolo, De Rossi, Veratti, Immobile, Belotti.
Şvetsiya: Olsen, Kraft, Lindelyof, Grankvist, Avgustinson, Forsberg, Ekdal, Yohansson, Larsson, Berg, Toyvonen.
Nima kutiş mumkin?
Hozirgi Italiya terma jamoasining eng kuçli futbolçilari bu – raqib hujumini buzuvçilar, töxtatuvçilar va darvozabon. Hujumda yuqori sport formasiga kirib olgan «Latsio» hujumçisi Immobile, yoş iqtidorli Andrea Belotti va qanot vingerlari Lorentso Insine, Federiko Bernardeski va Stefan aş-Şaaraviy bölişiga qaramasdan jamoa yuqori samaradorlik körsata olmayapti. Terma jamoa saralaş bosqiçida 21ta gol kiritgan bölsada, ularning 9tasi Lixtenşteyn terma jamoasi darvozasiga kiritilgan. Yuqorida eslangani kabi, jamoa sönggi beşta rasmiy uçraşuvda atigi uçta gol kiritişning uddasidan çiqdi.
Şvetsiyaga qarşi uçraşuvda esa jamoa ançadan buyon eplay olmayotgan işini bajarişiga töğri keladi. Çunki, bu safar bitta gol Italiyani faqat qöşimça daqiqalar, yoki penaltilar seriyasiga yetaklab borişi mumkin - Şvetsiya gol urmasa.
Ibrahimoviç terma jamoadan ketgaç, Şvetsiya terma jamoasi biroz kuçsizlangan bölişi mumkin. Ayniqsa, mehmondagi uçraşuvlarda jamoa unçalik işonçli körinmayapti. Joriy siklda ular mehmonda faqatgina autsayderlar — Lyuksemburg va Belarusdan ustun kelişgan. Faqatgina mana şu fakt Italiya terma jamoasi muxlislarini biroz xotirjam qilişi mumkin. Agar ular Italiyani yölda qoldirib keta olişsa, tarixiy natijalardan biri qayd etilişi mumkin.
Qiziq ma'lumot
Italiya terma jamoasi sönggi marta katta musobaqalarni ötkazib yuborişi 1992 yilga töğri keladi. Öşanda «Skuadra Adzurra» Şvetsiya maydonlarida bölib ötgan Yevropa çempionatiga yöllanma ola bilmagan. Bu safar endi Şvetsiya terma jamoasining özi Italiyani 60 yillik tanaffusdan söng mundialdan mahrum qilişi mumkin.
Azamat Murodov tayyorladi











