Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) taşkilotning 16 noyabrdagi ta'sisçilari kengaşi yiğilişida Rossiya aksildoping agentligi (RUSADA)ning huquqlarini tiklamaydi. Bu haqda ARD telekanalidagi Sportschau dasturida jurnalist Xayo Zeppelt ma'lum qildi.
Zeppeltning ma'lumotlariga köra, bu qaror Rossiya terma jamoasining Janubiy Koreyaning Pxyonçxanidagi 2018 yilgi qişki Olimpiadada iştirok etiş huquqidan mahrum etişi mumkin.
“WADA Rossiya unga qöyilgan talablarni bajarmagani – davlatning aksildoping dasturiga aralaşganini tan olmagani va sinovlar namunalari berilişini ta'minlamagani uçun RUSADA’ni taşkilot kodeksiga nomuvofiq deb tan olmoqda”, deb aytgan jurnalist.
RUSADA huquqlarining tiklanişi 16 noyabrda Seulda ötadigan yiğilişda körib çiqilişi mumkin.
12 noyabrda WADA boş direktori Olive Niggli Rossiya tomondan Riçard Maklaren boşçiligidagi mustaqil komissiya hisobotidagi xulosalarning tan olinmasligi rossiyalik sportçilarning Olimpiadaga borişlariga xalaqit berişi mumkinligini aytgan.
11 noyabrda WADA rossiyalik sportçilarning doping-sinovlari böyiça ma'lumotlar bazasini qölga kiritdi. Bu ma'lumotlar Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritilişiga olib kelişi mumkin. Xorijiy OAV ma'lumotlariga köra, Rossiya hukumati WADA’ga bu ma'lumotlarni taqdim qilişni istamagan, biroq ular agentlikka informator tomondan berilgan.








