Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachichning ma'lum qilishicha, uning davlati hech qanday harbiy ittifoqqa, shu jumladan NATO’ga ham qo‘shilishdan manfaatdor emas. Bu haqda u «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Serbiya NATO yoki boshqa qandaydir harbiy ittifoqqa qo‘shilishdan manfaatdor emas. Biz bundan keyin ham harbiy betaraflik siyosatiga sodiq bo‘lib qolamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Shuningdek, Dachichning ma'lum qilishicha, NATO «Kosovodagi serb xalqini qo‘riqlash va himoya qilish uchun kerakli bo‘lgan ittifoqdosh» sanaladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «qat'iy yo‘nalish – harbiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik siyosati o‘zgarishiga ishonmaydi».







