Italiya terma jamoasi yarim himoyaçisi Daniele De Rossi JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasida Şvetsiyaga qarşi pley-offning javob uçraşuvida boş murabbiy yordamçisiga qarşi çiqdi.

Jurnalist Valerio Kurçoning yozişiça, zaxira örindiğida ötirgan De Rossi himoya çiziği vakili bölgan özi emas, yoş va hujum çiziğida öynaydigan Lorentsio Insine çigalyozdi maşqlariga kirişişi kerakligi, u maydondagilarga özidan köra köproq yordam berişi mumkinligini aytgan.

«Nega men tayyorlanişim kerak? Axir bizga durang emas, ğalaba kerakku!» — degan De Rossi murabbiyga va Lorentso Insineni qöli bilan körsatgan.
Murabbiy ikkinçi bölimda De Rossini ham Lorentso Insineni ham maydonga tuşirmadi. Italiya — Şvetsiya öyini 0:0 hisobida yakunlandi, birinçi uçraşuvda şvedlar öz maydonida 1:0 hisobida ğalaba qozongandi va bu jahon çempionatiga çiqiş uçun yetarli böldi. Italiya esa 1958 yildan buyon ilk marta jahon çempionatini ötkazib yuboradigan böldi.
Bu natijadan keyin Buffon, De Rossi, Bardzali hamda Kellini terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qilişdi.

Italiya termasi boş murabbiyi Jampero Ventura A Seriya yulduzlaridan biri bölmiş Lorentso Insineni öynatmayapti. Yoş futbolçiga Şvetsiyaga qarşi birinçi öyinda ham 15 daqiqa berilgan, şunda ham u öz pozitsiyasida emas (çap qanot vingeri) markaziy yarim himoyada öynatilgandi.
Öyindan keyin de Rossi özining reaksiyasiga izoh berdi: «Biz faqat ikkitadan bölib şuğullanişimiz mumkin edi. Har bir guruhga 5 daqiqadan vaqt beriladi, keyin bu juftlikni boşqasi almaştiradi. Men öyin oxirlab qolgani, şu tufayli şuğullaniş uçun hujumçilarni yuboriş ma'qulroqligini aytdim. Men öyladimki, Insinening foydasi köproq tegadi».
Daniele de Rossi – 2006 yili terma jamoa bilan jahon çempioni bölgan.
«Bu Italiya futboli uçun qoronği kunlar. Öyindan keyin kiyim almaştiriş xonasida dafn marosimidagi kabi muhit hukmron edi. Endi bizda barçasini öylab köriş uçun vaqt bor. Barçasini boşidan boşlaş kerak, bizda yangi avlod yetişib kelmoqda va ular bilan yangi sarguzaştlarni boşlaş kerak. Men bu libosni kiygan holda 10 yildan ortiq vaqt davomida dunyo böylab kezdim. Endi bu libosni oxirgi marta yeçaman. Bu dahşatli», deya intervyu bergan futbolçi öyindan keyin Rai Sport telekanaliga.







