Italiya terma jamoasi futbolçisi Daniele de Rossi JÇ-2018 saralaşi pley-off öyinlari doirasida Şvetsiyaga qarşi keçgan öyindan keyin mehmon jamoa avtobusiga çiqqan.
34 yoşli xavbek öyin avvalida italiyalik muxlislar Şvetsiya madhiyasi yangrayotgan vaqtda huştakbozlik qilgani uçun şvetsiyalik futbolçilardan uzr söragan.
Bu ma'lumotni Şvetsiya terma jamoasi futbolçilari Pontus Yansson va boş murabbiy Yanne Andersson tasdiqladi.
«U biz bilan gaplaşdi, biz yaxşi öynaganimizni aytdi va ba'zi futbolçilar Stokholmda özini yomon tutgani, şuningdek, javob öyinida italiyaliklar bizning madhiyamiz vaqtida huştakbozlik qilişgani uçun uzr söradi. Şunda avtobusdagi muhit gözallaşib ketdi: «Qoyil, nimalar bölyapti?». Bu biz uçun juda yoqimli lahzalar edi. Eh, u qanday jyentelmen, a!» — dedi Pontus Yansson.
Italiya uşbu öyindan keyin 60 yil içida ilk bor jahon çempionatidan qolib ketdi va hali 34 yoşda bölgan De Rossi Janluijji Buffon, Andrea Bardzali va Jorjo Kellini qatorida Italiya termasidagi faoliyatini yakunladi.
Video: De Rossi özi emas, hujumçi maydonga taşlanişini talab qildi
De Rossi jamoadoşiga taşxis qöyilişini kutib, uning oilasi bilan tun böyi şifoxonada qoldi








