Hozir Xalqaro koinot stansiyasida faoliyat yuritayotgan italiyalik fazogir Paolo Nespoli orbitadan turib, meteorning Atlantika okeani ustida atmosferaga kirişini tasvirga oldi. Uşbu video YouTubeda joylaştirilgan.

“XKSda biz köplab meteorlarni kuzatamiz, biroq men heç qaçon ularni kameraga olmagandim. Bu gal omadim çopdi va men yorqin olovli şarni tasvirga olişga muvaffaq böldim. Bu şar soniyasiga 40 km tezlik bilan harakatlangan tezkor meteor bölib çiqdi”, deb xabar qilgan fazogir.

Yevropa koinot agentligi vakillari gap ölçami bir metrdan kiçikroq bölgan va odatdagi meteordan 2 marta tezroq harakatlangan samo jismi haqida ketayotganini ma'lum qilişgan. 

Space.com portalining ta'kidlaşiça, uşbu meteor Taurida yoki Leonida meteor oqimining bir qismi bölişi mumkin. Mutaxassislar, şuningdek, jism sun'iy yöldoş bölagi bölişi mumkinligi ehtimolini ham bildirişgan.