Tinç okeanida, Yangi Kaledoniya sohillari yaqinida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQŞ milliy geologik xizmati ma'lum qildi.
Zilzila 20 noyabrda Toşkent vaqti bilan soat 3:43da qayd qilingan.
ABC News telekanalining xabar qilişiça, sunami xavfi tufayli Yangi Kaledoniya oroli va u bilan qöşni Vanuatu davlati aholisi evakuatsiya qilina boşlagan. Ta'kidlanişiça, tölqin balandligi bir metrgaçani taşkil qilgan.
Qurbonlar va talofatlar haqida heç narsa ma'lum qilinmagan. Zilzila markazi Yangi Kaledoniyadan 86 km uzoqlikda va öçoği taxminan 10 km çuqurlikda bölgan.
Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumati öz aholilariga xavf yöqligini ma'lum qilişgan.
Yangi Kaledoniya Fransiyaga qaraşli orol va Tinç okeanidagi mayda orollar guruhidir. Poytaxti Numea şahri bölib, aholisi 250 mingga yaqinni taşkil qiladi.













