Tojikistonda amaldagi alyuminiy korxonasi hududida alyuminiy işlab çiqariş böyiça yangi zavod quriladi.
Mahalliy OAV xabariga köra, bu haqda Duşanbe şahridagi brifingda «Tojik alyuminiy kompaniyasi» DUKning axborot va jamoatçilik bilan aloqalar departamenti rahbari Igor Sattorov xabar bergan.
Uning sözlariga köra, 2018 yilda Tojik alyuminiy kompaniyasi (TALKO) alyuminiy işlab çiqarişni bosqiçma-bosqiç va töla modernizatsiya qiliş hamda uni yangi, zamonaviy texnologiyalarga ötkaziş böyiça Dasturni amalga oşirişni rejalaştirgan.
«Ayni damda 4 oydan söng 43 yoşga töladigan korxona eskirgan asbob-uskunalarni ta'mirlaşga juda yirik mablağlarni ajratişga majbur. Modernizatsiya dasturi eng yaqin istiqbolda barça asosiy fondlarni yangilaş, eski asbob-uskunlarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almaştiriş imkonini beradi. Bu esa alyuminiy işlab çiqarişni ança oşiradi», - deya aniqlik kiritdi I.Sattorov.
Zavodni quriş 2018 yilda boşlanadi, quriliş muddati – 1,5 yil. Loyihaning umumiy qiymati 1,6 mlrd. dollarni taşkil etadi.







