Pentagon afg‘on toliblari geroin moddasi sotishdan qancha mablag‘ olishini ma'lum qildi
Afg‘on toliblari geroin ishlab chiqarish va sotishdan yiliga kamida 200 mln dollar daromad oladilar. Bu haqda 20 noyabrda Pentagonda o‘tgan brifingda AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general Jon Nikolson ma'lum qildi.
“Afg‘onistonda ishlab chiqariluvchi geroin kontrabanda yo‘li bilan dunyoning turli qismlariga, jumladan Kanada, Yevropa, Rossiya, Eron va Bolqonga yetkazib beriladi. Huquq-tartibot idoralarimizning baholashicha, AQShga yetkaziluvchi geroinning taxminan 4 foizi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan. Biroq bu miqdorlar oshishi mumkin”, deb aytgan Nikolson.
“Geroin ishlab chiqarish va sotishdan kamida 200 mln dollar “Tolibon” hisob raqamlariga tushadi”, deb ta'kidladi general va bu pullar yangi jangarilarni yollashga hamda AQSh va NATO davlatlari askarlari va Afg‘oniston hukumat kuchlariga hujumlarni sodir etishga sarflanishini qo‘shimcha qildi.
“Biz ko‘knori yetishtiruvchi afg‘on dehkonlariga zarbalar bermaymiz. Chunki ularni buni qilishga toliblar majbur qiladilar. Biz o‘z zarbalarimizni ko‘knoridan opium, so‘ngra undan morfin va geroin olinadigan laboratoriyalarga va giyohvandfurushlarga qaratamiz. “Tolibon” nazorati ostida bo‘lgan hududlarda narkotrafik bilan shug‘ullanuvchi taxminan 20 ta yirik guruh bor, ulardan 13 tasi Afg‘onistonda harakat qiladi”, deb ma'lum qildi Nikolson.
Nikolsonning aytishicha, “Tolibon” yetakchilari o‘rtasida keyingi harakatlar bo‘yicha ziddiyatlar avj olmoqda. “Oxirgi ikki yil ichida toliblar birorta shaharni bosib olishga muvaffaq bo‘lmadilar. Ular katta yo‘qotishlarga uchramoqdalar. Ular yuta olmasliklarini biladilar va shu sababli harakatlari taktikasini o‘zgartirdilar – ular hududlarni bosib olish va ushlab turishdan voz kechib, teraktlar uyushtirishga o‘tdilar”, deb aytdi general.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024