Ganada britaniyalik tasvirçi Mark Milsom halok böldi. U «Şerlok» va «Taxtlar öyini» seriali ustidagi işi bilan maşhur edi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
54 yoşli Milsom BBC va Netflix uçun «Xayrlaşayotgan yer» yangi dramasini suratga oliş jarayonida bölgan. Olingan ma'lumotlarga köra, u avtomobil tryuklari bilan boğliq bölgan tungi sahna ustidagi işda iştirok etgan. Ayni damda suriştiruv olib borilmoqda.
BBC korporatsiyasi tasvirçining ölimi tufayli ta'ziya izhor qildi.
Milsom şuningdek «Oddiy askar Rayanni qutqariş», «Stiven Xoking olami», «Şafqat kvanti» kabi filmlarning ham ijodkori sanaladi.








