Yaponiya huquq-tartibot idoralari mamlakat şimolida Şimoliy Koreyadan yoğoç qayiqda suzib kelgan 8 kişini aniqlaşgan. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, qoçoqlarga tarjimon taqdim qilingaç, ular qayerdan kelganlarini ma'lum qilişgan.
Telekompaniya ma'lumotlariga köra, qoçoqlar Yaponiyaga kelgan kema 20 metr uzunlikka ega bölgan.
Avvalroq şimoliy koreyalik askar demilitarizatsiya qilingan hudud orqali Janubiy Koreyaga qoçib ötgandi. Keyinroq Seulda uning qoçişi tafsilotlari ma'lum qilingan.









