O‘zbekiston | 15:25 / 25.11.2017
11883
2 daqiqa o‘qiladi

Gulistonlik profilaktika inspektorlariga xizmat uylari topshirildi

Foto: IIV

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22 noyabr kuni soat 15:00da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi istirohat bog‘ida Sirdaryo viloyati IIB ichki ishlar organlari tayanch punktlarining 60 nafar profilaktika inspektorini qasamyodga keltirish, ularga xizmat uylari va imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kalitini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat a'zolari, davlat boshqaruv organlari va viloyat hokimlik rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining ota-onalari, oila a'zolari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  10 apreldagi Farmoni asosida joylardagi profilaktika inspektorlari soni oshirilib, ular uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari tayanch punktlari tashkil etildi.

Foto: IIV 

Shuningdek, profilaktika inspektorlari nufuzini oshirish va xizmatni samarali o‘tashlarini ta'minlash maqsadida zarur kommunal-maishiy sharoitlarga ega bo‘lgan, zamon talablari va standartlariga to‘la javob beradigan qulay xizmat uy-joyi bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror talablari asosida profilaktika inspektorlariga o‘zlari xizmat qilayotgan hududdan oila a'zolari bilan yashashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xizmat uylari ajratilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 avgust kunidagi qaroriga asosan uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida shaxsiy avtoulovlar olishlari uchun sharoit yaratildi.

Mavzuga oid