Fransiyaning “Lill” futbol klubiga bir vaqtning özida 4 kişi: Fernando Da Kruz, Joao Sakramento, Benua Delaval va Frank Manto murabbiylik qiladi. Bu haqda klub saytida ma'lum qilindi.
Klub rahbariyati amaldagi murabbiy Marselo Belsani öz lavozimidan çetlatgandan keyin şunday qarorni qabul qildi. Argentinalik mutaxassis kasal döstini körgani rahbariyatdan ruxsat olmay Çiliga borgani uçun şu tariqa jazolangan.
Klub joriy mavsumda Liga 1’da 12 oçko bilan 19-örinni egallamoqda. Hozirda klub hisobida 3 ğalaba, 3 durang va 7 mağlubiyat bor.
Belsa jamoaga 2017 yil yozida murabbiy etib tayinlangandi. Bungaça u “Marsel”da işlagan va undan 2015 yil avgustida ketgandi. Belsa 1998 yildan 2004 yilgaça Argentina terma jamoasiga murabbiylik qilgan.













