Yevropa kuçli beşlik çempionatlarida jamoalar orasidagi tafovutning katta emasligi va har bir öyindan intriga kutiş mumkinligi bois mana şu maqomga erişgani bor gap. Lekin amalda baribir har bir liganing öz grandlari, gegemonlari bor. Joriy mavsum qolganlaridan katta farq qilmoqda va bir qator katta jamoalar özlariga öxşamayapti. Ularning pastlaşini mavsum avvalidan, transfer oynasi davomida amalga oşirgan siyosatidan ham bilib oliş mumkindek edi. Lekin baribir bu qadar katta tezlik bilan pastga şönğişlari kutilmagan edi. Quyida top-5 çempionatlarda eng muvaffaqiyatsiz start amalga oşirgan 5 ta grandga töxtalib ötamiz.
«Yuventus» – 12-örin
Ronaldudek futbolçini öz tarkibiga qöşib oliş naqadar ajoyib bölmasin, öziga yaraşa badali ham bor. Bu xuddi tumovga qarşi kuçli antibiotik bilan kuraşişni eslatadi. Siz darhol muammodan qutulasiz. Lekin bu orqali immunitetingiz kuçsizlanadi. Turin klubi 3 yil davomida Kriştianu bilan YeÇLdagi omadsizliklariga barham bermoqçi böldi. Lekin natijalar aksinça pastga qarab ketdi. Sababi, klub barçasini Ronaldudan kutgandek böldi. Portugaliyalik yulduz uç mavsum davomida uç xil murabbiy qöl ostida öynadi va heç birida ulkan muvaffaqiyatga erişa olmadi. Ustiga-ustak ötgan mavsum «keksa senora» A Seriya çempionligidan ham çetda qolib ketdi. Bunday vaziyatda yoşi 36 ga qarab ketib qolgan Ronalduga bu qadar katta maoş tölaşdan «Yuve» rahbariyati naf körmadi va Kriştianuning özi ham ketişni xohlab qoldi.
Ikki orada «Yuventus»ga jabr böldi. Klub yana Allegrini boş murabbiylikka qaytardi va 2 yil oldin tark etgan yöliga qaytişga majbur bölmoqda. Yangiça uslub «Alyans stedium» egalariga avvalgi natijalarni ham bera olmadi. «Yuventus» sönggi yillarda bir qator yoş iqtidor egalarini jamoaga qöşib oldi va tarkibni keskin yoşartirdi. Tez orada klub yetakçilaridan biri Paulo Dibala yangilangan şartnomaga qöl qöyişi kerak. Uning atrofida töplangan Keza, Kulusevski, Ken, Lokatelli, Rabo va De Ligt singari yoş futbolçilar kelgusida yaxşi jamoaga aylanişi mumkin. Lekin hozirça jamoa A Seriyada 12-örinda bormoqda.
Dastlabki 4 ta turda ğalaba qozona olmagan Turin klubi sönggi bahsda «Spetsiya»ni arang yengdi. Köramiz, uşbu ğalaba muvaffaqiyatli yölning boşlanişimi yoki yöq?!

«Barselona» – 7-örin
Kataloniyaliklar uzoq yillar davomida Ispaniya grandi sifatida e'tirof etib kelinişiga qaramay, ularning haqiqiy dunyo grandi sifatidagi davri uşbu asrga taalluqli. Yana ham aniq aytadigan bölsak, Leo Messining klubda faoliyatini boşlagan davridan e'tiboran «kök-anorranglilar» tom ma'noda gigant klubga aylanişdi. Ha, dastlabki davrlarda bu yerda Ronaldino effekti kattaroq rol öynagan. Braziliyalik yulduz ketganidan söng ham barselonaliklar rivojlanişda, ketma-ket titullarni yutişda davom etdi. Sönggi 18 ta La Liga mavsumining 10 tasi «Barsa»ning çempionligi bilan tugagani ham Messi bor davrda «blaugranas» Ispaniyada hukmronlik qilganidan darak beradi. Bu yillar mobaynida barselonaliklar 4 marotaba UYeFA Çempionlar Ligasini yutişdi, 2 marta trebl qayd etişdi. Tiki-taka haqiqiy ma'noda maromiga yetkazib ijro etildi.
















