Fransiya çempionatining 81-mavsumi nihoyasiga yetdi. 24 may oqşomida sönggi turning barça uçraşuvlari bir vaqtda bölib ötdi.

Sovrindorlarning barçasi muddatidan oldin ma'lum bölib ulgurgan edi. Oltin va kumuş medallari egasi – «PSJ» va «Lill» mavsumni mos ravişda «Reyms» va «Renn» jamoalari maydonida 1:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunladi. Bronza medali sohibi «Lion» esa 91-daqiqada urilgan gol evaziga safarda «Nim»ni taslim etdi.

Şu tariqa, «PSJ» ketma-ket sakkizinçi marotaba Fransiya çempioni böldi hamda bu borada «Nant» va «Monako» klublariga yetib oldi. Ulardan oldindagi «Marsel» birinçi divizionda 9 marta, «Sent-Eten» esa 10-marta ğalaba qozongan.

Qayd etiş kerak, parijliklar Fransiya çempionatining barça 38ta turida gol urişni uddalagan tarixdagi ilk klubga aylandi.

«PSJ» hujumçisi Kilian Mbappe 29 öyinda urgan 33ta goli bilan çempionat töpurariga aylandi. Avvalroq u Fransiya professional futbolçilar kasaba uyuşmasi tomonidan mavsumning eng yaxşi futbolçisi va mavsumning eng yaxşi yoş futbolçisi deya e'tirof etilgandi.

Çempionlar ligasi guruh bosqiçining töğridan töğri yöllanmalari «PSJ» va «Lill»ga nasib qildi. Uçinçi örindagi «Lion» YeÇL saralaşida qatnaşadi. Törtinçi poğonadagi «Sent-Eten» va Fransiya kubogi sohibi «Renn» Yevropa ligasi guruh bosqiçida iştirok etadi. Liga kubogi ğolibi «Strasburg» esa YeL ikkinçi saralaş bosqiçiga yöllanma oldi.

Turnirni 19-20-örinlarda yakunlagan «Kan» va «Gengam» jamoalari keyingi mavsum ikkinçi divizionda kuraş olib boradi. «Dijon» esa ötiş öyinlarida qatnaşadi.

Fransiya çempionati
38-tur, 24 may
Reyms – PSJ 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 36 Baba, 2:0 – 56 Kafaro, 2:1 – 59 Mbappe, 3:1 – 90+4 Çavarriya.
PSJ – Buffon, Mene, Markinos, Kerer, Kurzava (Şupo-Moting, 90), Paredes (Bernat, 79), Verratti, Di Mariya, Draksler (Dani Alves, 66), Mbappe, Kavani.
Ogohlantirişlar: Dingome (15), Draksler (44), Mendi (80).