Foto: youbionic.com

Italiyalik Federiko Çikkaraze va uning Youbionic firmasi ajoyib Double Hand qölqoplarini ixtiro qildi. Noyob qurilma öz egasining qöllari sonini oşirişi mumkin. Qurilma korpusi 3D-bosmadan çiqqan, ikki panja  boşqaruvi esa körsatkiç va nomsiz barmoqlarga yuklanadi. Ta'rifga köra, yangi gadjyet imkoniyat doirasini kengaytirişga yönaltirilgan. U qaysidir ma'noda  kelajakka nazar taşlaşga ham yordam beradi. 

Foto: youbionic.com

Qurilma arzon emas, uning narxi - 1799 yevro. Xaridor bunday salmoqli summani tölab, turmuş sifatini yaxşilovçi jihozni qölga kiritadi. Biroq işlab çiqaruvçi uning qay tariqa turmuşni yengillaştirişiga aniqlik kiritmagan. Youbionic'ning uşbu mahsulotiga e'tibor qaratgan mutaxassislar bu borada hazil qila boşlaşdi. Hazilkaşlarning taxminlariga köra, qöşimça qöllar bilan klaviaturada tezroq harf teriş mumkin. Şuningdek konsertlarda ikkinçi qölga qölqopni kiyib, hammadan baland qarsak çaliş mumkin. Barlarda biryöla uç stakanni baravar uşlaş mumkin va hokazo. 

Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com
Foto: youbionic.com