Afğoniston boş vaziri Abdulla Abdulla ŞHT hukumatlari rahbarlaridan kelgusi yiğiliş kun tartibiga Afğonistonning Taşkilotga qöşiliş masalasini kiritişni söradi.
"Biz ŞHTning teng huquqli a'zosi bölişdan manfaatdor ekanimizni tasdiqlaymiz va bu keyingi yiğiliş kun tartibiga kiritilişini söraymiz", - dedi Abdulla Abdulla ŞHT hukumatlar rahbarlari kengaşining keng tarkibdagi yiğilişida.
Afğoniston boş vazirining ta'kidlaşiça, uning mamlakati terrorizmning barça körinişlari bilan kuraşni ilgari surmoqda.
"Biz buni qat'iyat bilan amalga oşiryapmiz va bu yölda katta yöqotişlarni boşdan keçiryapmiz, fuqarolarimiz va huquqni muhofaza qiliş organlari vakillarimiz terrorçilarning hududimizga kirmasligi uçun astoyidil harakat qilişmoqda", - dedi u. Abdulla Abdulla uning mamlakati terrorizmga qarşi kuraşişda davom etişini işonç bilan ta'kidladi va boşqa davlatlarni bu yönalişda hamkorlik qilişga çaqirdi.
Bugungi kunda Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega.







