HAMAS guruhi rahbari Ismoil Xoniya Isroilga qarşi yangi ğalayonlar boşlaşga çaqirdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatmoqda.
«Biz sionistlar tomonidan tuğilgan tahdidlarga qarşi yangi intifada uyuştiriş ustida işlaşimiz va odamlarni şunga tarğib etişimiz kerak», — degan Xoniya.

Foto: Majdi Fathi / ZumaPress / Globallookpress.com
Uning bunday murojaatiga AQŞ prezidenti Donald Trampning şarqiy qismiga falastinliklar da'vo qiladigan Al-Quds şahrini Isroil davlati poytaxti deb tan olişi sabab böldi.
«Men hozir Al-Qudsni Isroil poytaxti deb rasman tan oliş vaqti keldi, degan qarorga keldim. Isroil suveren davlat hisoblanadi, şunday ekan, bu davlatning huquqini tan oliş kerak», — dedi amerikaliklar rahbari. U AQŞ Davlat departamentiga Tel-Avivdagi elçixonani Al-Qudsga köçirişga tayyorgarlik körişni boşlaş vazifasini topşirdi.
Al-Qudsning statusi — Falastin-Isroil mojarolarida eng asosiy muammolardan biri. Isroil 1949 yilgi uruşdan keyin Al-Qudsning ğarbiy qismiga egalik qila boşlagan. Isroilliklar şaharning şarqiy qismini 1967 yilgi uruş natijasida bosib olişgan. Ular Al-Qudsni Isroilning yagona va bölinmas poytaxti deb iddao qilib kelişadi. Falastinliklar esa şaharning şarqiy qismini öz poytaxti qiliş istagida.
Hamkor davlatlarning Isroildagi elçixonalari asosan Tel-Aviv, Ramat-Gane va Gertsliida joylaştirilgan.
Intifada atamasi falastinlik arablarning Isroilga qarşi qurolli kuraşini anglatadi. HAMAS harakatiga 1987 yilda asos solingan. 2007 yildan buyon uşbu taşkilot Ğazo sektorini nazorat qiladi. Harakat a'zolari Isroil hududida isroilliklarga tinimsiz ravişda hujumlar uyuştirib kelişadi. HAMAS Isroil, Kanada, AQŞ va Yaponiya tomonidan terrorçi taşkilot sifatida qayd etilgan, taşkilot faoliyati Iordaniya va Misrda taqiqlangan. Avstraliya va Buyuk Britaniyada uning harbiy qanoti terroristik guruh sifatida tan olinadi.












