Bizning baxtimiz, samaradorligimiz va şaxs sifatida rivojlanişimiz diqqatimizni nazorat qiliş va boşqariş xususiyatlarimizga boğliq.

Bugungi kunda atrofimizdagi dunyo imkon qadar bizni köproq çalğitişga urinayotgandek. Google va Facebook  kabi kompaniyalar bizning ongimizdagi zaif nuqtalarni topib, xatti-harakatlarimizga ta'sir körsatişda ulardan foydalanadi. Zero biz kirib öqiyotgan har bir yangi xabar, har bir xat, har bir sayt ularning mahsulotidan foydalaniş vaqtini oşiradi. 

Diqqat-e'tiboringizni özingizga qaytaradigan vaqt keldi. Quyida e'tiboringizni bekorga sarflamay, özingiz uçun haqiqatda muhim bölgan narsalarga qaratişga örganişning uç usuli havola etiladi. 

1. Ongli meditatsiya
Zamonaviy psixoterapiyada meditatsiya boşqa narsalarga çalğimay, ayni damda bölişga yordam beruvçi diqqatni jamlaş xususiyatini rivojlantiriş uçun qöllaniladi. 

Uning mohiyati közlarni yumgan holda tana va ongda nimalar röy berayotganini jimgina kuzatişdan iborat. 

Meditatsiya stressni pasaytiradi, dam oliş va barça çalğituvçi omillardan uzoqlaşişga yordam beradi. Hammasi oddiy: siz ötirib, diqqatingizni bir narsaga qaratasiz, köpinça nafas olişga. Albatta, siz çalğiysiz va nimalar haqidadir öylab, "bulutlar uzra sayr qilasiz". Meditatsiya mohiyati har qanday fikrlaş faoliyatidan qutulişda emas. Şunçaki uni ayni damda kuzatiş kerak. 

Agar meditatsiya qilişning uddasidan çiqa olmayotgan bölsangiz, sport bilan şuğullanayotganingizda yoki qandaydir iş bilan maşğul paytingizda birgina narsaga yoki rağbatga diqqatni jamlaşga harakat qilib köring. Şu tariqa miyangizni diqqatni nazorat qilişga örgatasiz. 

2. Bir vazifalilik
Köp vazifalilik biz öylagandek samarali emas, ayniqsa, gap aqliy faoliyat haqida ketganda. Şu bilan birga, u miyaga ziyon. Har safar bir neça işni baravar bajarganingizda miya ortiqça stressga yöliqadi va tabiiyki, yangi vazifaga diqqatni qaratiş xususiyati pasayadi. 

Uzoq vaqt davomida bir işni bajarganingizda bunday asoratlar bölmaydi. Bir vazifalilik yanada samarali işlaşga yordam beradi va diqqatni bir predmetda jamlaşga örgatadi. U öz ta'siriga köra, meditatsiyaga öxşaydi: qança köp maşq qilsangiz, şunça yaxşi uddalaysiz, kerakli narsaga diqqatni yönaltiriş şunçalik osonlaşadi. 

3. Muntazam ravişda çetlaşiş
Har safar ijtimoiy tarmoqlarga kiriş uçun telefonni qölga olganingizda yoki 10 daqiqalik tanaffus bir soatga çözilib ketganida miyangiz har safar navbatdagi takrorlaş bilan mustahkamlanuvçi odat töqimalarini  şakllantiradi.

Aynan şuning uçun raqamli qurilmalardan foydalanişni çeklaş şunday muhim. Muntazam ravişda bunday çalğituvçi omillardan çetlaşişga harakat qiling. Masalan, kunning muayyan bir qismidagina poçta va xabarlarni tekşirişga odatlaning, haftada bir yoki ikki marta esa umuman smartfon va noutbukka qöl urmang.