Internetda qorniga metall buyumlar yopişib turgan suriyalik bola videosi paydo böldi. Rolik Ruptly agentligining YouTube-kanalida joylaştirilgan. 

Video qahramoni lataqiyalik Zulfiqor Ibrohim bölib, uning aytişiça, u bu qobiliyatini payqaganda juda hayratlangan. “Mening badanimga barça metall buyumlar yopişib qolavergan. Ular mening qornimga yopişib turgan. Biz xolam bilan YouTube’da bunday holatlarni qidirganimizda, şunday qobiliyatga ega boşqa bolalar borligini aniqladik”, deb aytdi bola jurnalistlarga.

Zulfiqorning bobosi nabirasining bu qobiliyatidan taşviş bildirmoqda. “Men bu unga qandaydir tarzda salbiy ta'sir qilişini istamayman”, deb aytgan Zulfiqorning bobosi. Bobo nabirasining bu qobiliyati bolaning öziga va jamiyatga foyda keltirsa, bundan faqatgina xursand bölişini aytgan.

YouTube’dagi ba'zi foydalanuvçilar bolaning qobiliyatiga şubha bildirişgan. “Tanangizga talk (texnika va tibbiyotda qöllanuvçi mineral – tahr.) surtib çiqing va u metallni qançalik tortişini tekşirib köring”, deb yozgan bir foydalanuvçi. Yana bir foydalanuvçining ta'kidlaşiça, agar bolada haqiqatan ham bu qobiliyat bölganda, u bu buyumlarni kiyimi ustidan ham torta olgan bölardi. Kanal obunaçilaridan köpçiligi bolani “Iks odamlar” filmidagi Magneto qahramoniga qiyoslaşgan.