“Özgidromet” xodimi Erkin Abdulahadovning xabar berişiça, ötgan hafta quyoşda 24 ta kuçli quyoş çaqnaşi kuzatilgan. 2 ta öta aktiv zona rivojlangan.
“Quyoş sirtidagi mazkur çaqnaşlar Yerda magnit böroni xavflilik darajasini oşirişi tabiiy”, deb yozadi mutaxassis.
“Özgidromet”ning Meteoinfokom tuzilmasi bugun tuş payti Özbekistonda magnit böronining G3 darajaga ega 5 balli xavfini e’lon qilmoqda.
Bugun juda köpçilikda boş orqa qismida karaxtlik va biroz köngil ayniş holatlari kuzatilişi mumkin.
Magnit böroni – Quyoş şamoli ta’sirida Yer magnitosferasi vaqtinça özgarişi. Quyoş şamoli kuçayişi magnitosferani ma’lum darajada siqadi. Bundan taşqari, quyoş şamoli Yerning magnit maydoni bilan özaro reaksiyaga kirib, undan ajralgan energiya bir qismini magnitosferaga ötkazadi. Bu magnitosfera böylab plazma tölqinlari harakati tezlanişi va elektr oqimi kuçayişiga olib keladi.












