Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari yölning qatnov qismida tösatdan paydo bölgan “Şevrole Niva” maşinasining videosi borasida turli fikrlar bildirmoqdalar. Rolik “VKontakte" ijtimoiy tarmoğidagi Barnaul 22 sahifasida joylaştirilgan.
Videoregistratori bölgan maşina yölda ketayotib, çapga burilmoqçi bölganda qarama-qarşi yönalişdan “ğoyibdan paydo bölgandek” “Niva” maşinasi çiqib kelgan. Gap şundaki, bungaça “Niva” umuman körinmagan. Rolikka berilgan izohda voqea Rossiyaning Barnaul şahrida yuz bergani aytilgan.
Foydalanuvçilar uşbu holat yuzasidan turli fikrlar bildirişgan: ba'zilar “Niva”ni “arvoh-maşina” deb ataşgan bölsa, boşqalar esa maşina yöl çetidan qözğalib, sekin yura boşlagani sababli körinmaganini aytişgan. “Maşinani çorrahaga kirmaguniça umuman körmadim, arvoh şekilli”, deb fikr bildirgan bir foydalanuvçi. Yana bir foydalanuvçi maşinani “Uçar golland” deb atagan.
Ba'zilar, şuningdek, haydovçi çapga burilayotganda yöl böşligiga işonç hosil qiliş uçun töxtamaganini tanqid qilişgan. Ba'zilar esa “Niva”ning körinmaganiga tuman yoki qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan maşinalar çiroqlaridan tuşayotgan şu'la sabab bölişi mumkinligini aytişgan.
Biroq köpçilik foydalanuvçilar avtomobil çorraha yaqinida joylaşgan avtobus bekatidan çiqib, sekin-asta tezlaşişni boşlagani sababli körinmagan bölişi mumkinligini aytişgan.






