Aleksey Navalniyning Barnauldagi ştabi sobiq koordinatori Vadim Ostanin 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda 24 iyul, duşanba kuni Navalniy jamoasi Telegram’da xabar berdi. Sobiq koordinator «ekstremistik jamiyat»da iştirok etiş, şuningdek, «fuqarolarning şaxsi va huquqlariga tajovuz qiluvçi» notijorat taşkilot faoliyatida aybdor deb topildi. 

Qamoqdagi muxolifat yetakçisi safdoşlariga köra, Vadim Ostanin qonuniy siyosiy faoliyati uçun sudlangan: «U avval Biyskda, söngra Barnaulda Navalniyning ştabini boşqargan, mahalliy poraxör amaldorlar haqida gapirgan va Oltoy ölkasi aholisiga amaldorlarni işlaşga majburlaşda yordam bergan». 

Prokuratura 2021 yil oxirida qölga olingan Ostaninni 11 yillik qamoq jazosiga hukm qiliş talabini qöydi. «Vadim siyosat bilan şuğullangan, u demokratiyaga, hokimiyatni almaştiriş kerakligiga işongan. 2017 yilda biz hokimiyatga raqib böliş xavfli bölib qolgani haqida gapirgan edik, lekin u qörqmadi», dedi Navalniyning mahalliy ştabi sobiq advokati Tatyana Babiç DW naşriga. Moskvadan Barnaul «SIZO»ga köçirilgandan söng, Vadim Ostanin uni uşlab turişning qabul qilinişi mumkin bölmagan şaroitlari haqida xabar berdi. Boşqa narsalar qatorida, u uzoq vaqt davomida jazo kamerasida saqlangan va dori-darmonlardan mahrum qilingan. 

Iyun örtalarida Navalniyning Ufadagi ştabi sobiq rahbari Liliya Çanişeva 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Aleksey Navalniy ştabining sobiq koordinatorlari va xodimlari Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişidan bir neça oy oldin jinoiy ta’qiblar nişoniga aylangan edi. Faollarni hibsga oliş 2021 yil avgustida butun ştablar tarmoği «ekstremistik taşkilot» deb e’lon qilinganidan keyin boşlangan. Navalniyning özi yangi iş böyiça «ekstremistik hamjamiyat» tuzişda ayblanmoqda, prokuratura uni 20 yilga maxsus rejimli koloniyaga hukm qilişni söramoqda.