Yölovçilarni kopterlar va uçar avtomobillarda taşiş allaqaçon xayolot bölmay qoldi. Dronlar işlab çiqarişga hattoki an'anaviy avtokonsernlar ham jiddiy kirişgan.
Misol uçun, Germaniyaning Daimler konserni ikki örindiqli elektr parvoz qurilmasi Volokopter’ni işlab çiqiş bilan şuğullanayotgan E-Volvo startapining uluşini sotib olib, unga 25 mln yevro investitsiya kiritgan. Yaponiyaning Toyota kompaniyasi esa Cartivator uçar maşinasini yaratiş loyihasini moliyalaştirmoqda, Xitoyning Geely kompaniyasi esa 4 örindiqli uçar maşinani loyihalagan Terrafugia kompaniyasini (AQŞ) sotib oldi. Rossiyada esa yangi turdagi transportni yaratiş bilan Hoversurf kompaniyasi va “Kalaşnikov” konserni şuğullanmoqda. Hoversurf 2017 yil yozida Scorpion-3 uçar elektr mototsiklini taqdim qilgan.
Yölovçilarni taşiş uçun uçuvçisiz parvoz qurilmalarini yaratiş loyihalari ustida Boeing va Airbus aviasozlik kompaniyalari ham şuğullanmoqda.
Uçar maşinalarni yaratişga investitsiyalar yuz millionlab dollar bilan ölçanmoqda, real loyihalar borgan sari köpayib bormoqda va barçasi yangi transport turi joriy yildayoq qöllana boşlanişi tomon qarab ketmoqda.
Dubayda 2017 yilda uçar taksi muvaffaqiyatli sinovdan ötkazildi, Yevropada uçar maşinaning ilk boşqariluvçi sinovini ötkazgan Passenger Drone kompaniyasi esa öz qurilmalarini 2018 yildayoq sotuvga çiqarişga va'da bergan.
Quyida yaqin 1-2 yil içida savdoga çiqarilişi mumkin bölgan maşinalar keltirilgan.

Xitoyda yaratilgan qurilma 30 daqiqagaça parvoz qilişi va 50 km masofa uçib öta olişi mumkin. 2017 yil dekabrda sinov vaqtida uşbu kvadrokopter 160 km/soatgaça tezlaştirilgan. Işlab çiqaruvçining ta'kidlaşiça, u maşinani 2020 yildan ommaviy işlab çiqaradi. Dron narxi 150-200 ming dollarni taşkil qiladi.

2017 yil avgustda Daimler kompaniyasi sarmoya kiritgan, yölovçi kopterni yaratayotgan kompaniya parvoz qurilmalarini 2011 yildayoq loyihalay boşlagan. Hozir uning ikki örindiqli Volocopter 2X qurilmasi 2 ming metr balandlikka kötarilişi, 100 km/soat tezlik bilan uçişi va 30 daqiqa parvoz qila olişi mumkin. Rejalarga köra, 2020 yilda maşina Dubayda aerotaksi sifatida qöllanadi.

Ikki örindiqli dunyodagi ilk gibrid oktokopter AQŞning Workhorse kompaniyasi tomondan yaratilgan. Qurilma uglevodorod toladan yasalgan va 500 kg vaznga ega, u batareyalar va 8 ta elektr motor uçun elektr energiya işlab çiqaruvçi gaz dvigatel bilan jihozlangan. Maşina 113 km/soat tezlik bilan 110 km gaça uça oladi. Kompaniya barça zaruriy sertifikatlarni 2019 yilda olişga umid qilmoqda. Maşinaning narxi 200 ming dollarga yaqinni taşkil qiladi.

Lilium nemis kompaniyasi bir quvvatlanişda 300 km gaça va 300 km/soat tezlik bilan uça oladigan yengil uçar avtomobil yaratiş ustida işlamoqda. Aprelda qurilma sinovdan ötkazilgan, 2019 yilga esa maşinaning ilk boşqariluvçi parvozi belgilagan. 2017 yil sentabrda Lilium loyihani rivojlantiriş uçun bir guruh sarmoyaçilardan 90 mln dollar olgan.

2017 yil mayda Zee.Aero 10 ta vintli parvoz qurilmasini sinovdan ötkazişni boşlagan. Maşinaning texnik körsatkiçlari oşkor qilinmagan. Şuningdek, maşinani yaratayotgan kompaniya va loyihaga 100 mln dollardan köproq mablağ kiritgan boş sarmoyaçi ham ma'lum qilinmagan. Biroq Bloomberg Businessweek ma'lumotiga köra, bu sarmoyaçi Google asosçilaridan biri Larri Peyj hisoblanadi.
Peyj Zee.Aerödan taşqari uçar avtomobillarni yaratiş ustida iş olib borayotgan Kitty Hawk startapini ham moliyalaştirmoqda. Bu kompaniyani Google’ning haydovçisiz avtomobillari dasturi muallifi Sebastyan Trun boşqaradi. Kitty Hawk va Zee.Aero bir-biridan alohida işlaydi. Zee.Aeröda 150 kişi işlasa, Kitty Hawk esa 10 kişigina bilan faoliyat yuritmoqda.

Toyota kompaniyasi moliyalaştiradigan Cartivator yapon guruhi 2012 yildan beri yölovçi kvadrokopterini yaratiş ustida iş olib bormoqda. Vertikal uçib-qöna oladigan qurilmaning ilk boşqariluvçi parvozini 2018 yilda amalga oşiriş, 2020 yildan esa maşinadan tijoriy foydalaniş rejalaştirmoqda. Qurilma uçiş holatida 10 metr balandlikda 100 km/soat, avtomobil rejimida esa 150 km/soat tezlikka erişadi.

AQŞning Kitty Hawk kompaniyasi Google asosçisi Larri Peyj tomondan moliyalaştirilayotgan, uçar qurilmalar yaratiş bilan şuğullanuvçi ikkinçi kompaniyadir. Kompaniyaning bir örindiqli uçar qurilmasining sinovi 2017 yil aprelda ötgan va u 2018 yilda savdoda paydo bölişi mumkin. Maşina AQŞning aviatsiya böyiça federal boşqarmasining öta yengil parvoz qurilmalariga qöyiladigan barça talablariga javob beradi va şu sababli unda parvoz qiliş uçun uçuvçi litsenziyasi talab qilinmaydi.

Rossiyalik tadbirkor Aleksandr Atamanovning Hoversurf kompaniyasi 2017 yil yozda özining Scorpion-3 uçar mototsiklini taqdim qilgan. Hozirda qurilma kompaniya saytida 2018 yil iyunida yetkazib beriş şarti bilan 59900 dollardan sotilmoqda. Qurilma 70 km/soat bilan uça oladi. U 20 daqiqa havoda böla oladi va 21 km gaça uçişi mumkin. 2017 yil dekabrda kompaniya 5 örindiqli uçar maşinani yaratiş ustida işlayotgani ma'lum bölgan. Ma'lum qilinişiça, qurilma 320 km/soat tezlik bilan harakatlana olişi va bir quvvatlanişda 450 km gaça uça olişi mumkin.









