Uber Technologies Inc. kompaniyasi NASA'ning sobiq muhandisi Mark Murni işga yolladi - u Uber Elevate "uçar avtomobillari"ni işlab çiqiş böyiça loyihani boşqaradi. Bloomberg şu haqida xabar berdi. 

Kompaniyaning vertikal parvoz va qöniş texnologiyali transport yaratiş rejalari haqida 2016 yilning kuz mavsumida ma'lum qilingandi. Loyiha konsepsiyasiga köra, uşbu "uçar avtomobillar" 50-100 mil (80,5-161 kilometr) masofani bosib öta oladi. Bunday transport vositalari zaryad stansiyalari bilan jihozlangan maxsus platformalarga asoslanişi kutilmoqda. 

Mutaxassisning sözlariga köra, loyihani amalga oşiriş borasida bir qator tösiqlar mavjud. Texnik muammolar yeçimidan taşqari, kompaniya hamkorlar bilan narxlarni pasaytirişga kelişib olişi hamda havo harakatidagi çeklovlar borasida imtiyozlarga erişişi lozim. 

Kosmik agentlikda 30 yil faoliyat yuritgan Mur özining VTOL-transportning ustunliklarini ta'riflovçi tahliliy ma'ruzasi bilan maşhur. 2010 yilda çop etilgan aynan şu tadqiqot Google asosçisi Larri Peyjni 100 million dollardan ziyod mablağni maxfiy ravişda "uçar avtomobillar" işlab çiqaruvçilari - Zee Aero va Kitty Hawk startaplariga investitsiya qilişga turtki bergan.