UZ domen hududiga kiruvçi saytlar 2017 yilda 669 marta xakerlik hujumiga uçragan. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi markazi ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, 592 ta holatda markaz tomondan hujumlarning oqibatlari va sabablarini bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar körilgan.
Xakerlik hujumlarining aksariyati kontentni noqonuniy yuklaş (322 ta holat) va saytlarning boş sahifasini özgartirişga urinişlar (345 ta holat) bilan boğliq bölgan. Markaz tomondan fişing kontentini joylaştirişga 2 ta uriniş qayd qilingan.
Boş sahifalarni özgartiriş va kontentni noqonuniy yuklaş holatlarining köpligi xakerlar uçun birinçi navbatda saytlarni yomonotliq qiliş va ularga buzib kirilganining isbotini qoldiriş muhim ekanligini körsatadi.
Ma'lum qilinişiça, Wordpress va Jumla dasturlarida yaratilgan saytlarga eng köp hujum qilingan.
Davlat muassasalari saytlaridan 72tasi hujumga uçragan.








