Özbekiston Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga tegişli rasmiy vebsayt sahifasi xaker(lar) hujumiga uçradi. 24 iyul kuni soat 20.00 holatiga köra, sayt manzili orqali boş sahifaga taşrif buyurilganda, faqat «Konkursga ötiş» yozuvi va unga biriktirilgan havola faol körsatilgan.

«Konkursga ötiş» yozuviga biriktirilgan havola orqali keyinga sahifaga ötilganda xaker(lar) tomonidan qoldirilgan murojaat kelib çiqadi. 
«Axborot xavfsizligi qani, akalar? Bizning nomzodni ötkazmagan, voy meni akaxonlarim! [email protected]», - deya murojaat qoldirgan xaker.

Şuningdek, sayt manzili ma'lumotnomasida «hamma ma'lumot menda» degan xabar ham qoldirilgan. Ammo yozuv muallifi qanday ma'lumotlarni qölga kiritganiga aniqlik kiritmagan.

Şu paytga qadar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rasmiy saytini işdan çiqargan xaker biror talabnoma yo şartini bildirmagan.

Agentlik rasmiy vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, sayt bilan yuz bergan muammolar tez orada bartaraf etiladi. 

2017 yili Özbekiston davlat muassasalari saytlariga 600 dan ortiq hujumlar bölgan, 2018 yilda körsatkiç 30 foizga kamaygan.

Özbekiston Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va taşkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlaş reytingi aniqlangandi. Adliya vazirligi mazkur reytingda 89,7 ball bilan birinçi örinni egallagan, Davlat bojxona qömitasi esa uçinçi örinda qayd etilgandi. Ammo Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi top-10likka kiritilmagan.